So’nggi yangiliklar

03:15 Евро-2024 1/8 финал. Португалия - Словения 0:0 (Пенальтилар 3:0), Роналдуни йиғлатган ўйин  5 02:40Евро-2024. Кошта Роналду ва Пепени антиқаҳрамон тамғасидан қутқариб қолди — Португалия Словенияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  241 02:06Роналду Евро ва ЖЧларда жаримадан 60та зарба берди  6 01:29"Вильярреал" спорт директори: "Гап нима ҳақда?"   4 01:07Аббосбек Файзуллаевнинг "Вильярреал"га ўтаётгани тасдиқланмади  6 00:50Евро-2024 1/8 финал. Франция - Бельгия 1:0, Мусобақадаги тўққизинчи автогол Францияга ғалаба тақдим этди  0 00:24Азиз Ғаниев "Шабаб Ал Аҳли" билан хайрлашди  6 23:38Максим Шацких: "Владимир Назаров атайин шу ўйин учун танланмади"  16 23:35Виталий Левченко: "Қарши ҳужумда ўтказиб юборилган голлар мағлубиятга сабаб бўлди"  14 23:33Учта голи бекор қилинган Лукаку Евро-2024да ўз ҳисобига гол ёза олмади  3 22:50Евро-2024. Франция чорак финалда!  26 22:42"Кальяри" Шомуродов билан хайрлашди  11 22:38Суперлигада биринчи давра якунига етди  10 22:25"Бавария" ПСЖ футболчиси билан келишиб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" - "Пахтакор" 0:2, Пенальти бормиди?  13

Kamoliddin Murzoev: "Muxlislarga sahna ortidagi jarayonni ko'rsatish niyatim bor" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Muxlislarga sahna ortidagi jarayonni ko'rsatish niyatim bor"

"Olmaliq" jamoasi Minsk shahrida ikkinchi davraga hozirlik ko'rayotganidan xabaringiz bor.


Biz mavsumning ilk qismini ajoyib o'tkazgan "Olmaliq" jamoasi hujumchisi Kamoliddin Murzoevning yig'in haqidagi fikrlari bilan qiziqdik va bahonada boshqa bir qator savollarga ham javob oldik.


- Minskdagi yig'in qanday kechmoqda?
- Kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. Murabbiylarimiz mashg'ulotda asosiy etiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratishmoqda. Kechki mashg'ulotlardan so'ng ananaviy tarzda trenajor zalida shug'ullanamiz.
Minskdagi futbol akademiyasi bazasida joylashganmiz. SHaroitlar alo darajada.

- Davralar oralig'ida jamoaga yangi futbolchilar qo'shilishdi. Ular jamoaga kirishib ketishdimi?
- Yangi kelgan futbolchilarning barchasi jamoaga tezda qo'shilib ketishdi. Ichki muhitimiz juda yaxshi. Barcha mashg'ulotlarda birdek ter to'kmoqda.

- Mavsum jamoa uchun omadli boshlanmagandi. Ammo "Nasaf"ga qarshi g'alabadan keyin "Olmaliq" engilmas jamoaga aylandi. Buning siri nimada?
- Buning siri jamoamizdagi birdamlik va murabbiy ko'rsatmalarini to'g'ri bajarish. Muvaffaqiyatli o'yinlarimizning zamirida mashaqqatli mehnat yotibdi. Jamoamiz oldiga yil boshida yuqori maqsadlar qo'yilgandi. Biz esa mavsum startidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ham tanlagan yo'limizdan qaytmadik. Qilgan mehnatlarimizga yarasha omadimiz ham keldi.

- "Olmaliq"ning kiyinish xonasida kim "xo'jayin"?
- Kiyinish xonasida faqatgina murabbiyimiz xo'jayin. Maydonda etakchimiz - bu jamoa sardori.

- Kumikov "Olmaliq"qa kelganidan so'ng jamoada ananalar paydo bo'ldimi?
- Ko'plab ananalar paydo bo'lgan.

- Masalan?
- Bu jamoaning ichki siri bo'laqolsin.

- Demak sirli ananalar, desak bo'larkanda...
- Buni o'ta sirli, demagan bo'lardim. SHunchaki buni oshkor qilmaganimiz maqul.

- Negadir Kamoliddin Murzoev Kumikov qo'l ostida erkinroq, yorqinroq o'ynaydi...
- Nega? Nimaga asoslanib bunday xulosaga kelyapsiz?

- Masalan, "Mashal"da ham, "Nasaf"da Kumikov qo'l ostida ko'proq yorqin o'ynagansiz. O'shanda ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgansiz. "Olmaliq"da ham birinchi davrada jamoaning etakchilaridan biriga aylandingiz...
- Kumikov hujumchidan aynan nimani xohlashini bilaman va shuni bajarishga harakat qilaman.
Aslida jarohatdan forig' bo'lib, yaxshi sport formasidagi Murzoev erkinroq va yorqinroq o'ynaydi (kuladi).

- Kumikov mashg'ulotlarda asosan futbolchilarning jismoniy holatiga alohida urg'u beradi. "Olmaliq"da futbolchilar har kuni zalda shug'ullanishadimi?
- Kechgi mashg'ulotdan so'ng jamoaviy trenajyor zalga kiramiz. Umuman olganda, bizga deyarli har kuni yoki mashg'ulotdan oldin, yoki keyin trenajyor zalida shug'ullanish odat bo'lgan.

- Trenajyor zalida fitness murabbiy bormi?
- Yo'q, hamma yuklamalarni Kumikov va uning yordamchilari berishadi. Yuklama bo'lganda ham  100 kgdan oshiq yuklamalar.

- Tanaffusda Oliy ligamizning eski "bo'rilari" ancha kuchayishmoqda. "Lokomotiv" ancha oldinda. "Nasaf" esa mana to'rt yildirki bronzaga egalik qilmoqda. "Olmaliq" joriy mavsumda kuchli "uchtalik"ka kira oladimi?
- Avvalo bu futbol. Futbolda nimalar ruy berishini hech kim bilmaydi. Biz mehnat qilishda davom etamiz. Maqsad o'zgarmaydi. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi. Albatta, raqib jamoalarning kuchayishi chempionatimiz uchun juda foydali. Medallar uchun kurashadigan jamoalar qancha ko'paysa shuncha yaxshi.

- Joriy mavsumda Oliy ligada navbati bilan kuchli murabbiylar qaytishdi. Xorijdan ham kelishdi. Bu jihat chempionatimizni kuchayishiga xizmat qilyaptimi?
- To'g'ri, bu jihat o'z tasirini ko'rsatadi. CHunki futbolchilar maydonda murabbiylar ko'rsatmasini bajarishadi. O'z princip va ambiciyalariga ega murabbiylargina jamoani yuqori cho'qqiga olib chiqishadi.

- Kumikov saytimizga bergan intervyusida o'yindan avval futbolchilarni ruhlantirish va ularni o'yinga tayyorlash maqsadida avtobusda hamda kiyinish xonasida musiqadan foydalanaman dedi. Qiziq va o'zgacha yondoshuv.  Musiqa sizlarga qanchalik yordam bermoqda?
- Musiqa ozgina bo'lsa ham bosimdan xalos etishga yordam beryapti. Avvalo yaxshi musiqa - alo kayfiyat degani. Biz o'yin oldi chigalyozdi mashqlariga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz. Bu bizlarni ruhlantiradi.

- O'yindan oldin instagramdagi shaxsiy sahifangizga surat joylashni boshlaganimizdan buyon jamoa yutqazmay kelmoqda. Aynan shu yoqimli seriya davom etayotgani uchun ham bu odatga aylandimi?
- Ochig'i aytsam, irim-sirimlarga ishonmayman. Bitta rasm butun o'yin taqdirini hal eta olganida, hech kim mashg'ulotga chiqmay instagramda rasm joylash bilan band bo'lardi (kuladi). Ikkinchi davradan boshlab kiyinish xonasidan ham rasmlar joylashga, videolarni yuklagan holda sahna ortidagi jarayonlarni muxlislarga ko'rsatish niyatim bor.

- Ajoyib. Evropada futbolchilar ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali muxlislar bilan muloqotda bo'lishadi, ularga, masalan, jamoadan ketayotganda maktub yoki o'yindan keyin minnatdorchilik sifatida izohlar yozishadi. Yani, evropada futbolchilar o'zlarining ijtimoiy tarmoqlarini muxlislar uchun ham ishlatishadi. Bizda esa aksincha. Futbolchilar shu jihatlarga beetibor qarashadi.
- To'g'ri aytasiz, bizda futbolchilar va muxlislar o'rtasida ozgina uzoqlik bor. Qandaydir sovuqlik bordek, nazarimda. Lekin evropada bunday narsalarga klub marketing va matbuot xizmati xodimlari katta etibor qaratishadi. Agarda bizda ham shunga o'xshagan narsalar uyushtirishsa, unda hamma futbolchilar jon deb qatnashishadi. Marketing kerak bu uchun!

- Matbuotni kuzatib borasizmi?
- Ha, kuzatib boraman.

- Bir qator jamoalarda o'ynagansiz. Qaysi klubning matbuot xizmati sizda iliq taassurot qoldirgan?
- Ilmoqli savol. Ular ham imkoniyatlaridan kelib chiqib harakat qilishadi. Men o'ynagan jamoalardagi matbuot xizmati xodimlarining hammasi yaxshi.

- Davralar oralig'ida transfer oynasi ochilgan. Boshqa jamoalardan chorlovlar bo'ldimi?
- Yo'q. Meni "Olmaliq" bilan 1 yillik shartnomam bor.

- Siyqasi chiqqan savol: Terma jamoamiz haqida qanday fikrdasiz?
- Menimcha, terma jamoamiz haqida hamma gaplar aytildi, gapirildi. Endi hammamiz bir tan-u, bir jon bo'lishimiz kerak. Buyog'iga barchamiz birgalashib, faqatgina yaxshi niyat qilib Jahon chempionatiga chiqishimiz qoldi.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика