Kamo Gazarov: "Darvozabonni almashtirmoqchi bo'lganimizda hakam o'yinchimizga qizil ko'rsatdi"
04 apr 2015 19:36
Yangiliklar

Kamo Gazarov: "Darvozabonni almashtirmoqchi bo'lganimizda hakam o'yinchimizga qizil ko'rsatdi"
"Dinamo" - "Qizilqum" (2:2) o'yinidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari yordamchi murabbiyi Kamo Gazarov ishtirok etdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Yigitlar maydonga tushib deyarli oxiriga qadar kurashishdi. Ularga rahmat aytaman. CHetlatish bo'ldi, darvozabonimiz jarohat olib maydonni tark etdi. Bunday o'yinlardan so'ng jamoa yanada kuchayishiga ishonchim komil".
"Andrey Melnichukning jarohati borasida hozircha hech nima bilmayman. Uning qachon safga qaytishini bilmayman. Raqib futbolchisi Andrey bilan to'qnashib ketdi".
"Biz darvozabonni almashtirmoqchi edik. Hakam esa Akmal Xolmurodov vaqtni cho'zayapti deb hisoblab uni maydondan chetlatdi", - deydi Kamo Gazarov.

Fikrlar