So’nggi yangiliklar

10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  0 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   5

❗️ Kamerun terma jamoasi haqida nimalarni bilishingiz kerak? Nikolay Egorichevdan tahlil Yangiliklar

❗️ Kamerun terma jamoasi haqida nimalarni bilishingiz kerak? Nikolay Egorichevdan tahlil

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 23 sentyabr kuni Kamerun bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Championat.asia muxbiri Nikolay Egorichev nimalarni bilishingiz keraligi hamda O'zbekiston terma jamoasining ertangi raqibi qanday o'ynashi haqida malumotlar beradi.


Kamerun: afsonaviy murabbiy, Evropaning yuqori ligada o'ynaydigan futbolchilari va "rus" himoyachi yarim himoyachisi

Kamerun bilan boshlaylik. “Engilmas sherlar” FIFA reytingida 38-o'rinni egallab turibdi. Afrika termalaridan faqat Senegal (18), Marokash (22), Tunis (30) va Nigeriya (31) ulardan yuqoriroq. Aytish mumkinki, Kamerun o'z qitasining eng yaxshi terma jamoalari qatoriga kiradi.

Rigober Song kamerunliklar bosh murabbiyi hisoblanadi. Kamerun terma jamoasida 137 ta o'yin o'tkazgan. Bu esa mamlakat tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich. Masalan, Samuel Eto’O hisobida 118 ta o'yin bor. Song shu yilning mart oyidan buyon Kamerun terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Bungacha Rigober yordamchi sifatida ishlagan va Kamerun yoshlar terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida terma jamoa uchta o'yin o'tkazib, ikkitasida g'alaba qozongan.



Mart oyida Kamerun Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Jazoir bilan o'ynadi. Birinchi uchrashuvda kamerunliklar mag'lub bo'lishdi (0:1). Ikkinchi uchrashuvda esa qiyin g'alabaga erishdi: jamoa 1:0 hisobida oldinda borib, 118-daqiqada gol o'tkazib yubordi va 124-daqiqada hal qiluvchi golni kiritdi. SHu tariqa, Kamerun terma jamoasi 2014 yildan beri ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi. Kamerunliklar esa mundialda juda qiyin guruhga tushdi. Bular Braziliya, Serbiya va SHveycariya.



Kamerun terma jamoasining deyarli barcha futbolchilari Evropaning top ligalarida o'ynashadi. André Onana (“Ayaks”, “Inter”), Brian Mbemo (“Brentford”, APL), Karl Toko-Ekambi (“Lion”), Andre Zambo-Angissa (“Napoli”) va Erik CHupo-Moting (“Bavariya”). Jamoa sardori Vensan Abubakar. U faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida davom ettirmoqda. Kamerun terma jamoasi futbolchilarining umumiy qiymati Transfermarkt malumotlariga ko'ra, deyarli 137 million evroni tashkil qiladi.

Germaniyaning “Gannover” jamoasi sharafini himoya qilayotgan 26 yoshli himoyachi Gael Onduani alohida takidlash joiz. U Kamerunda tug'ilgan, lekin bolaligining ko'p qismini Rossiyada o'tkazgan. Uning otasi Kamerunning Moskvadagi elchixonasida ishlagan. Ondua "Lokomotiv" va CSKA akademiyalarida futbol talimini olgan, kattalar darajasida esa Daniyaning "Veyle", "Anji" va SHveycariyaning "Servette" klublarida o'ynagan. Gael rus tilida mukammal gapiradi, hammomlarni yaxshi ko'radi va o'zining Telegram kanalini yuritadi



O'tgan qishda Afrika Millatlar Kubogida Kamerun terma jamoasi uchinchi o'rinni egalladi. Yarim finalda kamerunliklar Misrga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Finalda misrliklar Senegalga imkoniyatni boy berdi. Kamerun esa bronza medallari uchun kurashda Burkina-Fasoni mag'lub etdi (yana penaltilar seriyasida).

Oldingi murabbiy Toni Konseysau bilan solishtirganda - Rigober Song Kamerun terma jamoasining o'yinini boshqacha sxemada tikladi. Agar jamoa portugallar qo'l ostida asosan 4-3-3 o'ynagan bo'lsa, Song ikki hujumchi tarkibni afzal ko'radi. Deyarli barcha Afrika jamoalari singari Kamerun ham kuchli futbol ko'rsatadi. Kamerunliklar juda kuchli fizikaga ega, ular to'p uchun kurashda o'zlarini yaxshi his qiladilar va yuqorida o'ynashdan tortinmaydilar, chunki ularning oldida tez-tez kuchli hujumchilar (SHupo-Moting, Abubakar yoki “Al-Taavun”dan Tavamba) bo'ladi.



 

Xulosa
Kamerun terma jamoasi O'zbekiston uchun shubhasiz asosiy raqib hisoblanadi. Evropaning etakchi chempionatlaridan, jumladan, top-klublardan ham ko'plab futbolchilar bor. Srecho Katanec jamoasi kamerunliklarga qanday qarshilik ko'rsatishi qiziq.


Nikolay Egorichev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика