Kamavinga "Real" bilan mashg'ulot o'tkazmadi
03 okt 2022 20:04
Yangiliklar
Kamavinga "Real" bilan mashg'ulot o'tkazmadi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kecha “Osasuna”ga qarshi kechgan o'yinda olgan jarohati tufayli bugungi jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.
SHu tariqa, Kamavinganing CHempionlar ligasi guruh bosqichida Doneckning “SHaxtyor”iga qarshi o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda. Avvalroq yaqinda jarohat olib, "Osasuna"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan darvozabon Tibo Kurtua ham bo'lajak uchrashuvni o'tkazib yuborishi malum bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga o'tgan yozda Franciyaning "Renn" klubidan "Real"ga o'tgandi. Eduardo debyut mavsumida CHempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Fikrlar