"Kalyari" forvardi Joau Pedru Italiya terma jamoasidan chaqiruv olishi mumkin
19 noy 2021 11:25
Yangiliklar
"Kalyari" forvardi Joau Pedru Italiya terma jamoasidan chaqiruv olishi mumkin
"Kalyari" hujumchisi Joau Pedru Italiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, futbolchi italyanga uylanganidan so'ng u Italiya pasportiga ham ega bo'lgan. Braziliyalik hech qachon o'z mamlakatining birinchi termasida o'ynamagan. Faqatgina Braziliyaning 17 yoshgacha bo'lgan jamoasida 11ta o'yin o'tkazgan.
Italiyaning sport fuqaroligini olish bo'yicha ishlar boshlab yuborilgan. Ayni damda ish muvaffaqiyatli kechmoqda. O'yinchining o'zi "skuadra adzurra"da o'ynashni xohlaydi. U JCH-2022 pley-off o'yinlari uchun chaqirilishi mumkin.
29 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar