"Kaluga Junior Cup": "Paxtakor" "Juniorul"dan ustun keldi
02 iyu 2016 06:57
Yangiliklar
"Kaluga Junior Cup": "Paxtakor" "Juniorul"dan ustun keldi
Rossiyaning Kaluga shahrida futbol bo'yicha "Kaluga Junior Cup" xalqaro turniri boshlandi.
Rossiyada 2018 yil o'tkaziladigan jahon chempionati oldidan va Kaluga viloyatida ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan musobaqada 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar ishtirok etmoqda. 1-turda Ruminiyaning "Juniorul" jamoasiga qarshi maydonga chiqqan Dilshod Nuraliev shogirdlari irodali g'alabaga erishdilar. Raqibning goliga javob bergan tarbiyalanuvchilarimiz keyin ikki to'p o'tkazib yuborishdi. Tanaffusgacha muvozanatni tiklagan "Paxtakor" yoshlari ikkinchi bo'limda g'alaba keltirgan golni urishdi va 4:3 hisobida zafar quchishdi. 2-turda jamoamiz ertaga Abxaziyaning "Dinamo" jamoasi bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar