Kalinich Italiya A seriyasida xet-trik qilgan ikkinchi xorvat
28 sen 2015 09:00
Yangiliklar


Kalinich Italiya A seriyasida xet-trik qilgan ikkinchi xorvat
Fiorentina hujumchisi Nikola Kalinich Italiya chempionati 6-turida Interga qarshi o'yinda (4:1) uchta gol urdi.
SHu tariqa, 27 yoshli futbolchi Italiya A seriyasida xet-trik qayd etgan ikkinchi xorvatiyalik o'yinchiga aylandi. Birinchi bor 1995 yilda Lacio hujumchisi Alen Bokshich shunday natija qayd etgandi.
Kalinich Fiorentina safida Interga uchta gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi. 1933 yilda Vinisio Viani Milan shahri jamoasiga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar