Kalexon "Napoli" bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi
28 fev 2020 00:50
Yangiliklar
Kalexon "Napoli" bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi
"Napoli" klubi yarim himoyachisi Xose Kalexon jamoani tark etishi mumkin.
"Calcio Mercato" nashri xabariga ko'ra, Kalexon "Napoli" mutasaddilari bilan hamkorlik bitimini uzaytirish bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ygan. Tomonlar shartnoma muddati va bonuslar miqdorini kelisha olishmagan.
Malumot uchun, 33 yoshli ispaniyalik futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 23 o'yinda ishtirok etib, 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.
Fikrlar