

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. 33 yoshli futbolchi ispan klubi bilan kelishib bo'lgan va faqat transferni rasman e'lon qilish qolgan. Kalexonni erkin agent sifatida qo'lga kiritish uchun “Atletiko”, “Betis” va “Sevilya” ham harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik 2013 yildan beri “Napoli” sharafini himoya etib kelayotgandi. Oldinroq esa u “Real”da o'ynagan. Yakunlangan mavsum u klub libosida 43 o'yinda qatnashib, 4+10 natijaga erishdi.



