So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Kaio Junior: "Ertangi o'yindan oldin ikkala jamoaning imkoniyati teng" Yangiliklar

Kaio Junior: "Ertangi o'yindan oldin ikkala jamoaning imkoniyati teng"

OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuvidan oldin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Uning birinchi qismida "Al SHabab" bosh murabbiyi Kaio Junior va legioner Karlos Vilyanueva qatnashdi.

 "Barchaga xayrli kun. "Bunyodkor" jamoasini bu bosqichga chiqqani bilan tabriklamoqchiman. Bu ajoyib stadionda o'ynashdan xursandmiz. "Bunyodkor"da ikki do'stim Ziko va Luiz Felipe Skolari ishlab ketgan. O'tgan yil xuddi shu bosqichda "qaldirg'ochlar" "Al Jazira"ni mag'lub etishgandi. "Bunyodkor" yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi, biz esa mavsumning yarmida turibmiz. Bu o'yinga tasir qilishi mumkin", - deydi Kaio Junior.

"O'yin qiyin kechishi tayin, sababi raqib maydonida o'ynaymiz. Ikkinchidan ular o'z muxlislari qarshisida o'ynashadi. Bu ikki omil o'yin og'ir o'tishiga olib kelishi mumkin. Ammo biz O'zbekistonga g'alaba uchun kelganmiz", - deydi yarim himoyachi Karlos Vilyanueva.



- "Bunyodkor" Dubayda 6ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Bu o'yinlarni kuzatdinglarmi?
- Albatta bu bizning ishimiz, raqibni o'rganish. Ammo o'rtoqlik uchrashuvi va rasmiy o'yinlar mutlaqo boshqa boshqa narsalar. Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi o'tkazgan o'yinini kuzatdik. Barcha o'yinlarni kuzatib bordik.

- Arab jamoalariga qarshi tezkor o'yin namoyish etishadi. Bunga tayyormisiz?
- Biz jismoniy tomonlama tayyor holatdamiz. Sababi biz mavsumning o'rtasida turibmiz. Barcha futbolchilarim ertangi o'yinga tayyor.

- Jamoa oxirgi o'yinlarda ijobiy natijalar qayd eta olmayapti. Futbolchilarga bu ruhiy tomonlama yomon tasir qilmaydimi?
- To'g'ri takidladingiz. Oxirgi 4 o'yinda g'alaba qozona olmadik. Mag'lubiyatlarga ayrim futbolchilarning individual xatolari evaziga qayd etilmoqda. OCHL boshqa musobaqa.

- "Al SHabab" OCHLda safarda 11ta o'yin o'tkazgan va 2ta g'alabaga erishgan. Ertaga ham jamoa safarda o'ynaydi?
- Men tarixni hurmat qilaman. Lekin futbol ayni paytda o'ynaladi va biz ertaga g'alaba qozonishga urinamiz.

- O'yin bitta uchrashuvdan iboratligiga qanday qaraysiz?
- Menimcha imkoniyatlar teng. Ikkala jamoada ham guruh bosqichiga chiqish uchun imkoniyat mavjud.

- Aziz Haydarov haqida fikrlaringiz. O'yindan oldin nimalar haqida maslahatlashdinglar?
Karlos Vilyanueva:
- Haydarov jamoaning eng etakchi futbolchilaridan biri. Uning jamoadagi o'rni katta. Tayyorgarlikda Haydarovning katta yordami tegdi. Bir necha yillar oldin jamoa OCHLda qanchalik kuchli o'yin namoyish etganini gapirib berdi.

- Toshkentga o'zingiz istagan barcha futbolchilarni olib keldingizmi?

- Barcha o'yinchilar ertangi bahsga tayyor. Tarkib borasida bizda muammo yo'q.

- Bir necha yil oldin Xose Luis Vilyanueva o'ynagandi. Siz u bilan qanchalik tanishsiz?
Karlos Vilyanueva:
- Albatta uni taniyman. U bilan birga ham o'ynaganmiz. Xose Luis CHilida mashhur futbolchilardan biri edi. Ajoyib tasodif shundayki Vilyanueva familiyasi u qadar mashhur emas. Ikkalamiz ham O'zbekistonda o'ynaganimiz ajoyib tasodif.

- Oxirgi yillarda BAA klublari OCHLda u qadar yaxshi ishtirok eta olishmayapti. "Al SHabab" uchun qaysi biri muhimroq: OCHL yoki BAA pro-ligasi?
- Ayni paytda biz uchun OCHL juda muhim. Sababi biz chempionatda 9-o'rinda borayapmiz. Bundan tashqari Kubok bahslarida yarim finalga etib bordik. OCHLda "Al Garafa" bilan ikki marta va "Al Jazira" bilan bir marta ishtirok etganman. Bu yil to'rtinchi marta musobaqada qatnashaman.

- Osiyoda ko'plab klublarga qarshi jamoaingizni maydonga olib tushgansiz. Qaysi jamoalarga qarshi o'ynash qiyin?
- Yaponiya klublari eng kuchlisi. G'arb mintaqasida esa Eron klublariga qarshi og'ir bo'lgan.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика