So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

“K” liga haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

“K” liga haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Janubiy Koreya bilan uchrashuv arafasida nafaqat terma jamoa, balki mamlakat futboli, xususan, milliy chempionat haqida o'quvchilarimizga qiziqarli malumotlarni taqdim etishga qaror qildik.

“K” liga qitamizda eng kuchli chempionatlardan biri sifatida etirof etiladi. Uning tashkil etilishi, o'tkazilish formati va boshqa jihatlar xususida to'xtalib o'tamiz.

JANUBIY KOREYA "K" LIGASI
Tashkil etilgan yili:
1983
Ishtirokchi jamoalar soni: 12
Formati: odatiy uch davra, so'ng yuqori va quyi 6talik bir davrali tizimda o'ynaydi
Amaldagi chempion: "Seul" (2009).


Janubiy Koreyada mavsum 12 jamoa ishtirokida uch davrada va undan keyingi qo'shimcha o'yinlardan iborat. 33-turdan so'ng yuqori 6talik bir-birlariga qarshi bir martadan, quyi 6talik ham shunday tartibda o'ynaydi. SHu tariqa jamoalar 38tadan uchrashuvda maydonga tushishadi. Joriy mavsum bir necha kunlar oldin yakunlandi. Oxirgi turda dastlabki ikki pog'onada borayotgan “CHonbuk Motors” va “Seul” to'qnash kelib, unda seulliklar 1:0 hisobida zafar quchib, oltin medallarga ega chiqishdi.

“K” liga 1983 yilda tashkil qilingan. Bu borada koreyslar Osiyoda birinchilardan bo'lib, professionallik sari qadam tashlagan mamlakatlardan biri hisoblanadi. O'sha paytda chempionat "Superliga" deb yuritilgan va dastlabki birinchilikda atigi 5 jamoa qatnashgan. "Xallelujax", "Yukong Kokkiri", POSKO "Dolfins", "DEU Royals" hamda "Kukmin Bank" klublari unda ishtirok etgan. Birinchi ko'rinishdagi musobaqalar 1998 yilgacha o'tkazilgan. SHundan keyin liga ishtirokchilari oldiga qo'yilgan talablar ancha kuchaytirilgan. Natijada “K” ligaga asos solingan. Ishtirokchilar soni 5tadan 15taga etkazilgan. Qatnashchilar soni turli muddatda o'zgarib turadi.

Mamlakat miqyosida yana to'rtta divizion mavjud bo'lib, ulardan birinchisi "K liga CHelleynj” deb yuritiladi. Unda yarim professional va havaskor klublar ishtirok etishadi. Ligada 12 jamoa qatnashib kelmoqda. Saviya jihatidan uchinchi liga sanalgan "Koreya milliy ligasi"da 9 klub ishtirok etadi. “K3 liga”ning yuqori guruhida 12, quyi guruhida 9 klub qatnashadi. Dastlabki ikki liga orasida tushi va chiqish mavjud bo'lib, uchinchi liga yopiq hisoblanadi.

“K” liga mavsumi odatda mart-aprel oylarida boshlanadi. Har yilning noyabr oyida esa bahslar yakuniga etadi. Ananaga ko'ra, turnir formati o'zgarib turadi. Misol uchun, qaysidir yili g'olib oddiy mavsum yakuniga ko'ra aniqlansa, boshqa mavsumlarda chempionat yakunida "pley-off"ga murojaat qilinadi. Oxirgi mavsumda esa deyarli odatiy formatga murojaat qilindi. Faqat mavsum kunida SHotlandiyadagi kabi holat amalda bo'ldi.

“K” liganing o'ziga xos xususiyati shundaki, har bir jamoa o'zi sharafini himoya qiladigan shahar nomi bilan yuritiladi. Undan keyin esa klub homiysi va unga xo'jayinlik qiluvchi kompaniya nomi qayd etiladi.

Ushbu chempionat Osiyoda chempionlik uchun kurash eng shiddatli kechadigan, saviyasi yuqori ligalardan biri sifatida etirof etiladi. Janubiy Koreya futbol associaciyasi qay tariqa "K" ligani shu darajaga etkaza oldi? Albatta, barchasining ostida qilingan jiddiy mehnat yotibdi. Hech qachon jamoalar bajarishi shart bo'lgan talablar biror klub uchun istisno qilinmagan. Yani, tartib-intizomning kuchli ekanligi koreyslarning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Buni futbolchilarda ham ko'rishimiz mumkin. Ular maydonga chiqqanda nima qilib bo'lsa-da, murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmani bajarishga harakat qilishadi. Bu ularning keyinchalik Evropa klublariga oson moslashib ketishiga hissa qo'shadi.


Ayni paytda "K" ligada muxlislarning o'rtacha tashrifi 7873 nafarni tashkil qilmoqda. So'nggi paytlarda Koreyada bu borada pasayish kuzatilyapti. Vaholanki, 2002 yilgi jahon chempionatining bu davlatda o'tkazilishi futbol ommaviyligini yanada oshirgan va stadionlar infratuzilmasi yaxshilinishi natijasida sharoitdar yaratilishi borasida Janubiy Koreya bemalol Evropaning etakchi mamlakatlari bilan tenglasha oladi. Ehtimol, yuqori saviyali ijrochilarning Yaponiya, Xitoy, BAA, Qatar va Evropa mamlakatlariga yo'l olishi milliy chempionatga bo'lgan qiziqishni tushirib yuborgan bo'lishi mumkin.

Joriy mavsum CHempionlar ligasida “CHonbuk Motors” finalga etib keldi. Bu jamoa yarim finalda “Seul”ni dog'da qoldirdi. Bu sharqiy mintaqada koreys klublarining boshqalardan kuchliroq bo'lganini ko'rsatadi. Ular tarkibiga yuqori saviyali legionerlarni jalb qilgan Xitoy klublarini mag'lubiyatga uchratishdi.
Ishtirokchi klublarning deyarli barchasi ishqibozlarimizga yaxshi tanish bo'lib ulgurgan. Jamoalarning barchasi o'zlariga to'liq egalik qiluvchi va qo'shimcha ravishda homiylik qiluvchi kompaniyalardan yordam olib turishadi. 12 jamoadan 8tasi turli kompaniya va tashkilotlarga tegishli sanaladi. 4 klubni esa mahalliy hokimiyat qo'llab-quvvatlaydi.

“K” liganing yana bir etiborli jihati shundaki, jamoalar faxriy legionerlardan ko'ra yosh va o'sishi mumkin bo'lgan xorijlik futbolchilarni o'z saflariga jalb etishadi. Albatta, buni koreys futbolining o'ziga xos yo'nalishi deb qabul qilamiz. Har holda, Bolqon mamlakatlari va Janubiy Amerikadan Janubiy Koreyaga tashrif buyuradigan o'yinchilar ro'yxatiga nazar solsak, shunga guvoh bo'lamiz. SHuningdek, 40dan ortiq koreyalik futbolchilar qitamizning turli chempionatlarida o'ynayotgani koreys o'yinchilariga bo'lgan talab kuchliligini bilish mumkin.

Behzod NAZAROV.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика