Jozep Bartomeu: "Barselona" Messidan keyingi davrga tayyorlanmoqda"
09 noy 2019 20:13
Yangiliklar
Jozep Bartomeu: "Barselona" Messidan keyingi davrga tayyorlanmoqda"
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu forvard Leo Messi haqida gapirdi.
"Messidan keyingi davrga tayyorlanyapmiz. Keyingi ikki yoki uch mavsum davomida jamoaning etakchisi Messi bo'ladi. Ha, tashqaridan jamoamizda o'ynashni istayotgan iqtidorli futbolchilar talaygina. Ammo bizda akademiya bor. Biz Messidan keyingi eraga yaxshi tayyorlanayotganimizdan xursandman.
Men har doim Messini Pele bilan solishtiraman. Albatta, u faoliyatini yakunlaganidan keyin "Barselona" uchun kerakli inson bo'lib qolaveradi. Uning shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. Agarda Leo o'zining kuchini etarlicha deb hisoblasa, shartnoma yanada uzaytirilishi mumkin", - dedi Bartomeu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди
Манба: Самвел Бабаян - "Андижон" бош мураббийи!
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar