Yozef Zinnbauer: "0:8ni hech qachon unutmayman"
15 fev 2015 09:11
Yangiliklar


Yozef Zinnbauer: "0:8ni hech qachon unutmayman"
"Gamburg" bosh murabbiyi Yozef Zinnbauer Germaniya chempionati doirasidagi "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:8) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi kunni butun umr esdan chiqarmayman. 0:8 hisobidan so'ng ko'p gapirish shart emas. Muxlislardan uzr so'rash kerak. 0:8 - bu g'aroyib. Bugungi o'yinni tezroq unutish lozim", - deydi Zinnbauer "Bavariya" klubi rasmiy saytiga.

Fikrlar