Joze Mourinyu: "Terma jamoa bilan ishlash menga baxt keltirmaydi"
13 sen 2024 16:48
Yangiliklar
Joze Mourinyu: "Terma jamoa bilan ishlash menga baxt keltirmaydi"
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu terma jamoa bilan ishlash imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"Menda avvalroq terma jamoaga murabbiylik qilish imkoniyati bo'lgan, lekin men rad etganman. Ikki marta Angliya terma jamoasidan taklif tushgandi, biroq rad javobini berganman. Bu menga baxt keltiradigan ish emas. Oyiga bir yoki ikkita o'yin, o'yinchilarni tomosha qilish uchun sayohat qilish, turnirlarni kutish... Menda juda ko'p kuch bor, uni o'z vaqtida sarf etishni istayman. Balki keyinroq, qarigan va charchoqni his etganimda termada ishlarman, lekin hozir emas", – dedi Mourinyu.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu hozirda Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.
O’xshash yangiliklar
23:28
Angliya kubogi. Sensaciya qayd etilmadi, "Arsenal" uchinchi divizion jamoasini tor-mor keltirdi 4
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar