Joze Mourinyu: "24 ochko uchun kurashamiz"
24 noy 2018 00:33
Yangiliklar
Joze Mourinyu: "24 ochko uchun kurashamiz"
MYU murabbiyi Joze Mourinyu "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.
"Bizga ochko juda zarur. Hammasi o'z qo'limizda. Oxirgi o'yinda yutqazib qo'ydik. Lekin bu narsa ishlarimiz yomonlashayotganidan darak bermaydi. Kuchli to'rtlikdan ancha ortda qolib ketganimizni bilaman. Biroq shuni unutmaslik kerakki, dekabr oyining so'nggi kunlariga qadar 8 uchrashuvda maydonga tushamiz. Bu 24 ochko degani. Barcha o'yinlarda g'alaba uchun kurashamiz va turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilishimizga ishonaman. Yo'qotishlar? Pogba, Valensiya, Reshford, Marsyal, Lukaku singari futbolchilarimiz qattiq ishlashdi va ertangi o'yin uchun tayyor. SHuningdek, Fellayni va Errera ham bahsda ishtirok etishi mumkin" - dedi Mourinyu.
Fikrlar