Joze Mourino “Vest Xem” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
24 iyu 2020 08:27
Yangiliklar


Joze Mourino “Vest Xem” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?
“Tottenxem” ustozi “Vest Xem”ga qarshi o'yindan (2:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Harri Keynga qoyil! Uning uchun xursandman. U gol urish uchun juda ko'p mehnat qildi. U ijobiy sarlavhalarga mos o'yin ko'rsatdi. Harri karantin vaqtida o'zini professionallarcha tutdi. Endi u har hafta jamoaga yordam berishga tayyor. G'alabadan mamnunman. Biz tajribali murabbiyga ega, yaxshi tashkil etilgan jamoaga qarshi harakat qildik. Qiyin bo'lishini bilardik, ammo jamoam g'alaba qozonishning uddasidan chiqdi”, — deydi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar