Joze Mourinyo: "Pogbani jarohat sabab almashtirmadim"

Tolibjon Qosimov
12 fev 2018, 21:57
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Nyukasl"ga boy berilgan o'yin (0:1)da nima uchun yarim himoyachi Pol Pogbani almashtirganini aytib o'tdi.

"Pogbada jarohat? Yo'q, hech qanday muammo yo'q. Hujumga o'tishda yaxshi usul qidirdim, sababi bizga juda yaxshi himoyalangan jamoa qarshilik qildi. Biz Maykl Kerrikning oddiy paslari orqali o'ynashga urinib ko'rdik, Sanchesni esa ikkinchi forvard rolini bajarishi uchun Lukakuga yaqinroq qo'ydik. Bu orqali o'yinni yutmoqchi edik", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports