Joshua Kimmix: "Pochettino – top-murabbiy. Uning nomzodi muhokama qilinmoqdami yoki yo'q, buni bilmayman"
20 noy 2019 21:20
Yangiliklar


Joshua Kimmix: "Pochettino – top-murabbiy. Uning nomzodi muhokama qilinmoqdami yoki yo'q, buni bilmayman"
"Bavariya" himoyachisi Joshua Kimmix "Tottenxem" sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino haqida fikr bildirdi.
"Uning nomzodi muhokama qilinmoqdami yoki yo'q, buni bilmayman. "Tottenxem"da u ko'p yillar davomida muvaffaqiyatli ishladi. Jamoa etakchilar orasida, muntazam ravishda o'ynayotgandi va ECHL finaliga ham chiqishga ulgurdi. Pochettino, shubhasiz, top-murabbiy", – deydi Kimmix.
Avvalroq, 47 yoshli argentinalik mavsum yakunida "Bavariya"ni boshqarishi mumkinligi elon qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar