Joriy mavsumda muxlislarning stadionga o'rtacha tashrifi bo'yicha reyting tuzildi. Unda o'zbek klublari ham bor
15 may 2021 22:23
Yangiliklar
Joriy mavsumda muxlislarning stadionga o'rtacha tashrifi bo'yicha reyting tuzildi. Unda o'zbek klublari ham bor
Transfermarkt portali 2020/21 yilgi mavsum yuqori divizionlardagi o'yinlarda muxlislarning stadionga o'rtacha tashrifi bo'yicha reyting tuzib chiqdi.
Xitoyning “Guanchjou Evergrand” jamoasi 28,059 nafar muxlis bilan etakchilik qo'lga oldi. Keyingi o'rinlardan esa “Atalanta Yunayted” (AQSH, 20,355) va “Zenit” (Rossiya, 18,937) joy olgan.
SHuningdek, TOP-25'da O'zbekistonning ikki klubi ham bor. “Andijon” (9,777) 13-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, “Navbahor” (9,229) 16-pog'onada ko'rsatilgan.
Fikrlar