So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  139 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Johil ona! Nima uchun "Arsenal" futbolchisi onasini ko'cha daydisiga aylantirdi? Yangiliklar

Johil ona! Nima uchun "Arsenal" futbolchisi onasini ko'cha daydisiga aylantirdi?

Angliyaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri Eynsli Meytlend-Nayls Britaniya matbuotining antiqahramoni bo'lib turibdi.

Futbolchining onasi o'z intervyusida ayni damda uysiz ekanligi, konteynerda kun kechirayotganini aytib o'tgan. Eynsli esa onasiga shunchaki yordam berishni, shuningdek, akasiga u bilan aloqaga chiqishni ham rad etmoqda. Futbolchi kvartira uchun pul to'lashni to'xtatdi va boshqa uyga ko'chib o'tdi, onasi esa oila azolaridan hech kim bilan aloqaga chiqmasligini so'radi.

MEYTLEND-NAYLS O'ZI KIM?

Eynsli - "Arsenal"ning etishib kelayotgan yulduzi. Yozda u Angliyaning yoshlar terma jamoasi tarkibida bo'ldi. Terma bilan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempioniga aylandi. U egoistik qarashlari bilan tarkibning asosiy futbolchisi emasdi. Yarim himoyachini Pol Pogbaga o'xshatishadi. Unda alo darajadagi texnika bor, biroq o'zida to'pni ko'p ushlab turadi va ko'p xato qiladi, sheriklarini o'ylamaydi.

"Arsenal"dagi bu mavsum futbolchi uchun katta yutuq bo'ldi. Arsen Venger uni kutilmaganda chap qanot himoyasida o'ynatdi. Eynsli APLda 9 o'yin o'tkazdi va o'zidan yaxshi taassurotlar qoldira oldi.

FUTBOLCHINING ONASI NIMALAR BILAN YODDA QOLDI?Angliya hamjamiyati futbolchining o'z onasiga qilayotgan munosabati uchun jazo berish kerak deb hisobladi, biroq o'rtada katta tarix bor edi. 38 yoshli Juli futbolchini faoliyatini boshlashiga qarshilik bildirgan. Ona o'g'lining agenti bo'lgan va barcha moliyaviy ishlarni nazorat qilgan. U Eynsli bilan maslahatlashmasdan "Arsenal"dan olib ketish yo'li bilan qo'rqitgan. Bu holat 2015 yilning mart-aprel oylarida bo'lib o'tgan. Avvaliga ona muzokaraga taklif etilgan ikki "Arsenal" vakiliga zarba bergan. Keyinchalik u "Arsenal"ning transfer ishlariga masul - Diki Louni urgan. Julining fikri o'zgargan, uni faqatgina policiya to'xtatib qolgan. Huquq posbonlari uni klub joylashgan erga borishini taqiqlagan, biroq u o'z ishini davom ettiravergan.

Biroz vaqt o'tib, 17 yoshli futbolchi yoshlar jamoasi tarkibida "Aston Villa"ga qarshi o'yin o'tkazgan. Ona stadionga borgan va maydonga tushib, o'g'lini olib ketishni o'ylagan. Bu orqali ayol klub tomonidan futbolchiga taklif qilingan mablag' kam ekanligini ko'rsatmoqchi bo'lgan. "Arsenal"dagilar tezroq ishlarning yakunlanishini istadi, futbolchining hayotiga aralashmaslikni maqul ko'rishdi.

Bu bilan ham ona tinchimadi. O'g'liga doimiy qarshilik ko'rsatdi. Eynsli "Ipsvich"ga ijaraga berilgan vaqtlarida ham xuddi shunday voqea yuz berdi. 2016 yilning aprelida u o'z yoshi bo'yicha Angliya terma jamoasiga chaqirildi. "Ipsvich" bosh murabbiyi Mik Makkarti futbolchidan jamoada qolishini, chempionshipning muhim o'yinlarida uni maydonga tushirishini aytgan. Futbolchining o'zi bunga qarshi emasdi, biroq ona umuman boshqa fikrda edi.

Mik Makkarti - eski maktab murabbiyi, "qariya o'quvchilar" uni Angliya futbolining elitasida "Vulverxempton"da qanday ishlaganini yaxshi biladi. Irlandiyaliklar matbuotga bayonot bilan chiqishgan va futbolchi onasini tomonidan jinniga chiqarilgan. Murabbiy futbolchisiga klubdan ketishini taqiqlagani uchun ayol g'azablandi. Makkarti o'zining manziliga yo'llangan mana shunday haqoratlardan keyin Eynslini ushlab turmadi. O'sha voqea sodir bo'lganidan so'ng u "Ipsvich" tarkibida bir o'yinda maydonga tushdi va keyinchalik "Arsenal" tarkibiga qaytdi.


ONASINING TALQINIJuli Britaniya matbuotiga umuman boshqacha gaplarni aytdi. Unga ko'ra, futbolchini o'ziga qarshi qayrashgan. SHuningdek, pullarini olib qo'yishgan.

"Men odamlar buyumlarini saqlaydigan konteynerda yashayapman. Bu erda oyna, hojatxona yo'q, yuvinib bo'lmaydi. U menga uy sotib olib berishi mumkin edi. Biroq pul uning miyasini buzdi. O'g'lim "Arsenal" tarkibida o'ynamoqda, men esa uysizman.

O'zimni juda yomon his qilyapman. SHunchaki qaerda xato qilganimni bilishni xohlayman. Faqatgina bolaligimda pulim yo'q bo'lib, och qolib ketganman", - degan edi Juli.

Ayol ishlamoqda, biroq Angliya qonunlariga ko'ra unga uy berilmaydi.CHunki uning doimiy shug'ullanadigan ishi yo'q. SHuningdek, unga biror zot kafil bo'lmaydi. Futbolchi oila azolariga u bilan aloqaga chiqishni ruxsat bermaganidan keyin ayol yolg'iz qoldi.

2014 yilning dekabrida Meytlend-Nayls Jek Uilshirdan keyin ECHLda o'ynagan "Arsenal"ning eng yosh futbolchisi bo'ldi. Futbolchi 17 yoshligidayoq ECHL guruh bosqichida o'ynadi. O'sha vaqtlarda ham u o'zini onasiga ishonmasdi.

"SHunday imkoniyatni taqdim etishgani uchun oila azolarimni tabriklayman. Libosimni esa onamga beraman"

Uch yildayoq oila pul muammosidan qutuldi. Ona o'g'lini "Arsenal"dan yiroq tutishga urindi, pullarga rozi bo'lmadi, endi uning o'zi konteynerda yashamoqda. Bazan futbolchilar o'z raqiblariga ham bunday qattiq ish qilishmaydi. Odam bir ish tufayli butun bir o'tgan hayotini ifodalay oladi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика