So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  1 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

Yoaxim Lyov: "Oktyabr oyida etarlicha ochko jamg'ara olmadik" Yangiliklar

Yoaxim Lyov: "Oktyabr oyida etarlicha ochko jamg'ara olmadik"

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Gibraltarga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz oktyabr oyida kerakligicha ochko jamg'ara olmadik. Jahon chempionatidan keyin qattiq eyforiyaga berilib ketdik. Biz biroz pastroqqa tushishimiz kerakligini bilib oldik. Irlandiya va Polshaga qarshi o'yinda yaxshi o'ynay olmadik. 
Gibraltar juda oson raqib demagan bo'lardim. Ularning Polshaga qarshi o'yinlari avvaliga yomon chiqmagandi. birinchi bo'limdan so'ng hisob atiga 1:0 edi. Tanaffusdan so'ng hammasi o'zgarib ketgandi. Bu bellashuvda biz hujumda yorqinroq o'yin olib boramiz va bunga etarlicha imkoniyatlarimiz bo'ladi deb o'ylayman.
Sami Xedira ko'p vaqtdan buyon o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Lekin bu darajadagi futbolchiga bemalol ishonsa bo'ladi. Xediraga maydondagi ko'plab chiqizlarda sinab ko'rsa bo'ladi. Mundialda Braziliyaga qarshi o'yinda bo'lgani kabi, biz uni ko'proq hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynatib ko'rmoqchimiz. Andre SHyurrle so'nggi paytlarda sog'lig'i bilan bo'lgan muammolar tufayli maydonga tusha olmayapti. SHu sabab, u bilan telefonda gaplashib oldik va SHyurrleni Londonda qolaverishini kelishib oldik. Berlinda o'tgan taqdirlash marosimi alo darajada o'tdi. Endi bor etiborimizni bo'lajak uchrashuvlarga qaratishimiz joiz. G'alabalar tarixda qoldi. Yangi muvaffaqiyatlar sari yangi qadamlarni tashlashimiz talab etiladi. Bu yo'lda esa hali ko'p mehnat qilishimiz kerak.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика