Jizzaxlik muxlislar Toshkentga borishadi

Narzulla Saydullayev
26 may 2016, 10:21
Ertaga oliy liga jamoalari navbatdagi 10-tur uchrashuvlarini o'tkazishadi.

10-turda jamoamiz Toshkentda Obod jamoasiga qarshi to'p suradi. Uchrashuv JAR stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvda So'g'diyona jamoasini stadiondan turib qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab Jizzaxlik futbol muxlislari JAR stadioniga tashrif buyurishi kutilmoqda. Jamoamiz muxlislar klubi barcha Jizzaxlik futbol muxlislarini ertaga soat 17:00 da boshlanadigan Obod-So'g'diyona uchrashuviga taklif etadi. Jamoani faol ravishda qo'llab turishga chorlab qoladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz