Jirkov futbolchilik faoliyatini yakunladi
13 fev 2023 01:23
Yangiliklar
Jirkov futbolchilik faoliyatini yakunladi
“O'ylashimcha, professional futbolchilik faoliyatim yakunlanganini hamma allaqachon taxmin qilgan.
Kelgusida hech narsani rejalashtirmaganman. Hayotdan rohatlash kerak”, — dedi Jirkov.
39 yoshli Jirkovning so'nggi klubi "Ximki" edi.
Yuriy Tambovda tug'ilgan va o'z faoliyatini mahalliy "Spartak" tarkibida boshlagan. Keyinchalik CSKA, "CHelsi", "Anji", "Dinamo", "Zenit" klublarida o'ynagan.
U CSKA bilan Rossiya chempionatining ko'p karra, shuningdek, UEFA kubogi g'olibi sanaladi. "CHelsi" bilan Angliya chempionligi, kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan. Klublar miqyosida unda jami 21 ta sovrin mavjud.
Rossiya terma jamoasi tarkibida Jirkov 105 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan. U jamoa bilan Evro-2008'da bronza medalini qo'lga kiritgan.
Fikrlar