So’nggi yangiliklar

16:31"Манчестер Юнайтед" юлдуз хавбекини сотиб юбормоқчи  1 15:51Алькантара "Барселона"дан кетди. Собиқ хавбек Фликнинг штабида бир ой ишлади  3 15:18Вазиятларга бой ўтган учрашувда "Сўғдиёна" Тошкентдан ғалаба билан қайтди ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Жейдон Санчо АПЛ грандига ўтиши мумкин  2 14:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор"нинг гуруҳ босқичидаги рақиблари аниқланди  37 13:06Июнда Қозоғистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланган Черчесов клуб билан шартнома имзолашга яқин?!  8 12:22ОЧЛ-2. "Насаф" гуруҳ босқичидаги рақибларини билиб олди  20 11:45Мактоминей – итальян грандини мақсади. Клуб МЮ хавбекининг агенти билан музокаралар олиб бормоқда  1 11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  2 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  5 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  11 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  7 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  4 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  7 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2

Yig'ilib qolgan gaplar (Mulohaza) Yangiliklar

Yig'ilib qolgan gaplar (Mulohaza)

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining jahon chempionatiga yo'llanma ola bilmagani chakki bo'ldi.
Guruhdan chiqishni-ku uddaladik, ammo keyingi bosqichda Suriya o'smirlar jamoasiga yirik hisobda yutqazib qo'ydik. SHu kuni kuchli yomg'ir yoqqani tufayli maydonning ko'p qismi suv bilan to'lgan, bir so'z bilan aytganda, bunday maydonda maza qilib futbol o'ynab bo'lmasdi. Agar maydon quruq va tekis bo'lganida Suriyani mag'lubiyatga uchrata olarmidik? Bu endi boshqa masala va oldindan bir narsa deyish qiyin. Lekin fakt shuki, biz yutqazdik va jahon chempionatiga chiqolmay qaytdik.

2010 yil o'zimizda o'tkazilgan musobaqada finalgacha borib, yakunda KXDRga 0:2 hisobida yutqazganimiz hamon yodimizda. Oradan bir yil o'tib, o'smirlar terma jamoamiz o'z tarixida ilk bor Meksikadagi jahon chempionatida ishtirok etib qaytdi. 2012 yil Eronda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi qita birinchiligida esa chempion bo'ldik. Natijada o'tgan yil BAAda o'tkazilgan kichik mundialda qatnashib qaytdik. Bunda ham natija chakki bo'lmadi.

Mana endi ketma-ket uchinchi bor jahon chempionatiga yo'l olishga yaqin turgandik, ammo bu safar Suriya yo'limizga to'g'anoq bo'ldi. Endi Suriya, Janubiy va SHimoliy Koreya, shuningdek Avstraliya kelasi yilning kuzida CHilida o'tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Biz esa musobaqani shunchaki tomoshabin sifatida kuzatamiz.

Bizga alam qilayotgan jihati shuki, o'smirlarimiz Tailandga jimgina borib, jimgina o'ynab, jimgina qaytib kelishdi. Musobaqaga ketish oldidan na bosh murabbiy va na futbolchilar bilan uchrashuv o'tkazildi. To'g'ri, O'FF rahbari ular bilan uchrashdi, lekin buyam tor doiradagi bir tadbirdek o'tdi-ketdi. Masalan, avvalgi murabbiy Temur Olimxo'jaevning ishdan bo'shashi sabablari Terma jamoalar markazi, aniqrog'i Asqar Tolibjonov tomonidan atroflicha tushuntirib berilmadi. Bundan tashqari, yangi bosh murabbiy Aleksandr Mochinov bilan biror marta ham OAV uchun matbuot anjumani tashkil etilmadi.

Bularning hammasi go'yoki Terma jamoalar markazida loqayd insonlar ishlayotganidan darak beryapti. Ular uchun natija shu qadar muhimki, aftidan boshqasi bilan ishi yo'q. Xo'p, Suriyaga yutqazib qo'ydik, futbol - bu sport va unda har doim yutishning imkoni yo'q. Lekin sportchilarga bo'lgan etibor-chi? Men Aleksandr Mochinovni ham, futbolchilarni ham ayblamoqchi emasman. Ular qo'ldan kelgancha harakat qilishdi, ular ham kelasi yil CHiliga borish orzusida kerak bo'lsa balchiqda futbol o'ynashdi. Suriya bilan o'yinda futbolka-shortik tugul, hatto o'yinchilarning yuz-qo'li loy bo'lib ketdi.

Mayli, bo'lar ish bo'ldi. Endi savol tug'iladi: buyog'iga nima qilamiz? Buyog'i taxminan quyidagicha bo'ladi: har oyning birinchi yarmida barcha yoshdagi terma jamoalar bosh murabbiylari Markaz direktori Asqar Tolibjonovga hisobot topshiradi. Aleksandr Mochinov o'z hisobotida Suriyaga qarshi loyda o'ynalganini, bu esa bizga og'ir bo'lganini keltirib o'tadi. Tolibjonov esa uning fikrlarini o'rinli deb topadi. Keyin bitta-yarimta muxbir Mochinov bilan biror betlik intervyu qiladi va shu bilan qarabsizki, mavzu yopiladi. Lekin hech kim Suriya bilan o'yinning birinchi taymidan so'ng o'yinchilarimiz faqat futbolkani almashtirishgani-yu, o'sha shortikda maydonga chiqib kelishgani, Osiyo o'yinlarida qatanashayotgan terma jamoamiz futbolkasidagi familiyalar ancha beo'xshov yozilgani uchun Tolibjonovni ayblamaydi. Nega? CHunki biz birinchi galda natijaga qarashga o'rganib qolganmiz va bazilar nazdida bu kabi holatlar gapirishga arzimaydigan kamchilik hisoblanadi. Aytaylik, Mirjalol Qosimov jamoasi Osiyo o'yinlaridan chempion bo'lib qaytsa, futbolkadagi yozuvlarni birov eslamaydi. Eslagan yoki eslatgan odamni esa ahmoqqa chiqarishadi.

Ammo professional futbolda ana shunday mayda-chuyda narsalarga ham jiddiy etibor qaratish lozim. Bir tomondan Terma jamoalar markazi jim turgani yo'q. Ular barcha yoshdagi terma jamoalarimiz uchun turli yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilib beryapti, ammo futbolning ommaviyligini oshirish uchun hech nima qilayotgani yo'q. Hali aytganimdek, o'smirlarimizning Suriyadan mag'lubiyatini Markaz go'yoki oddiy qabul qildi. Tolibjonov Tailanddan J.Koreyaga yo'l oldi, endi uni boshqa musobaqa kutib turibdi. Bu paytda o'smirlarimizning muvaffaqiyatsizligi yodda tusharmidi?

Aslida-ku, eng katta kamchilik ichki chempionatimizda. PFL oliy liga, yoshlar birinchiligi, tayyorlov guruhlari musobaqasi va yana allambalo turnirlarni nomiga o'tkazib kelyapti. PFL direktori klublar rahbarlarini nari borsa yilda ikki marta yig'adi: mavsum boshida va oxirida. Tezkorlik zamonida shu bilan ish bitadimi? Ularni har oyda yig'ib, muammolarni hal qilishning iloji yo'qmi? SHunday yig'ilishlarda ko'p bor ishtirok etganman va qaysidir muhim masala hal etilganini eslolmayman. Hamma tezroq tugasa-yu, uyga ketsak payida bo'ladi. Kelishilgan o'yinlar haqida ham ko'p gapirilyapti. Lekin qani ularga qarshi ko'rilayotgan chora? Yil boshida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashuvchi maxsus guruh ish boshlaydi deyilgandi, qani o'sha guruh? Kimlardan tashkil topgan? Rahbari kim? O'zi shunday guruh tuzildimi? Tuzilgan bo'lsa qaysi o'yinlar shubha ostiga olindi? Kelishib o'ynaydigan jamoalarga qarshi jiddiy choralar ko'rildimi?

Yo'q, hech qanday chora ko'rilganiyam, bu borada tayinli ish olib borilganiyam yo'q. Hamma o'z yog'iga o'zi qovurilib yotibdi. Mana shunaqa bizning futbolimiz. Loqayd va befarq kishilar nihoyatda ko'payib ketgan futbolni bizga mahsulot sifatida berishyapti, biz bo'lsak shuni tomosha qilib yuribmiz. Toki O'FF va PFL bir yoqadan bosh chiqarib matbuot bilan ishlashni astoydil yo'lga qo'ymaguncha bir erda depsinib turaveramiz. Futbol OAVda qancha ko'p yoritilsa, qiziquvchilar soni shuncha ko'payadi. Ammo targ'ibot bo'lmaganidan keyin kim ham qiziqardi? Evropani qo'ya turaylik, Osiyoning o'zidan Yaponiya, Koreya, Avstraliya kabilar futbol rivoji va targ'iboti bo'yicha bizdan ancha ilgarilab ketishdi. Vaholanki, biz ham futbolni ulardan kam sevmaymiz, bizda ham ulardan kam bo'lmagan o'yinchilar bor. Lekin ularda futbolga bo'lgan munosabat to'g'ri yo'lga qo'yilgani uchun ham har yili besh-o'ntalab futbolchisi Evropaga chiqib ketyapti.

Ularda ko'p masalalar katta stol atrofida hal qilinadi va bundan jamoatchilikning ham albatta xabari bo'ladi. Bizda esa bosh murabbiylar hisobot topshirayotganda nima deydi-yu, Asqar Tolibjonov ularga qanaqa savol beradi, hatto shu ham sirligicha qolib ketaveradi. Endi futbolga munosabat shunday bo'lganidan keyin ular qolib biz rivojlanaylikmi? Yuqorida aytib o'tganimizdek, jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun o'smirlarni tanqid qilish niyatimiz yo'q. CHunki futbol kurashdan iborat va bunda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Bizni ko'proq O'FF va PFL tomonidan mamlakatda futbolni rivojlantirish borasida oliy borayotgan o'ta sust harakati tashvishga solyapti, xolos. CHunki muxlislar, jurnalistlar bu haqda harqancha yozmasin, futbolni boshqaradigan tashkilot eng shimarib ishga kirishmas ekan, baribir aytilgan gap og'izda qolib ketaveradi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика