Jezualdu Ferreyra: "Guruhda vaziyat chigallashdi"
05 mar 2018 20:49
Yangiliklar
Jezualdu Ferreyra: "Guruhda vaziyat chigallashdi"
- Kecha aytib o'tganimdek juda qiyin o'yin bo'ldi. Bugungi bahs juda chiroyli o'tdi. Tomoshabinlar bilan to'lib toshgan stadionda o'ynash yoqimli bo'ldi. Aynan shunday muhitlarda OCHLda o'ynayotganingni to'liq his etasan. Osiyo chempionlar ligasida Qatar chempionatidan farqli ravishda jamoalar asosan jismoniy jihatga etibor qaratishadi. Bugun maydonda haqiqiy jang kechdi. O'ylashimcha, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Ammo bizga gol urish nasib etmadi. Xavi hamda markaziy himoyachimizning yo'qligi bilindi. Lekin bu mag'lubiyatga bahona bo'la olmaydi. "Nasaf" qaysidir vaziyatlarda yaxshiroq o'ynadi va g'alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan raqibni tabriklayman.
Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi? Bazida jamoalar o'zining futbolini namoyish eta olmaydi. Bugun bizda shunday holat kuzatildi.
Guruhdagi vaziyat istalgan payt o'zgarib ketishi mumkin. Ayni paytda bizning "kvartet"da vaziyat ancha chigallashdi. O'ylashimcha, "Al Sadd", "Persepolis" va "Nasaf" jamoalarining guruhdan chiqish imkoniyatlari teng. Buyog'iga kurash yanada qizg'in o'tadi. Ko'p narsa "Al Vasl"ga ham bog'liq. Amirliklarga qarshi kim yaxshiroq o'ynay olsa, o'sha jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlari keskin oshib ketish ehtimoli yuqori.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar