So’nggi yangiliklar

17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  1 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  2 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  36 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  1

Jezualdo Ferreyra: "Paxtakor" jismonan hozir "Al Sadd"dan kuchli" Yangiliklar

Jezualdo Ferreyra: "Paxtakor" jismonan hozir "Al Sadd"dan kuchli"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Jezualdo Ferreyra va futbolchi Pedro Migel qatnashdi.

"Ertaga oson bo'lmagan qiyin o'yin kutib turibdi. Stadionni ko'rib chiqdik, ajoyib holatda. Bu erga g'alaba uchun kelganmiz. To'g'ri bizda tiklanish uchun kamroq vaqt bo'lgandir, ammo tarkibdagi barcha futbolchilarni "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorlash uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik", - deydi Jezualdo Ferreyra.

"Bosh murabbiy aytganidek qiyin o'yin kutib turibdi. G'alaba uchun to'g'ri yo'ldamiz deb o'ylayman. Ertaga g'alaba qozonsak, Doxada ham shu jamoaga qarshi o'ynaymiz va o'zimizni yaxshiroq his qilishimiz mumkin", - deydi Pedro Migel.

- Jamoa o'tgan haftada Qatar chempioni bo'ldi. CHempionlik nishonlangani sizlarga tasir qilmaydimi?
- To'g'ri Qatar chempioni bo'ldik va yaxshi kayfiyatda Toshkentga etib keldik. O'tgan yil esa Qarshiga kelishdan olldin esa muhim o'yinni yutqazib qo'ygandik. Hozir vaziyat boshqacha.

- Ertaga yaxshi shakllangan jamoaga qarshi o'ynaysizlar. Qanday natija kutayapsiz?
- Javob berish uchun oson savol bo'ldi. Sen to'p bilan va to'psiz qolganingda nima qilishing. To'p bizda bo'lganida juda yaxshi jamoaga aylanamiz. O'z navbatida "Paxtakor" ham to'pni o'zida saqlab turganida yaxshi o'ynaydi. Qolaversa raqibimizning jismoniy holati juda yaxshi. Biz esa avgustda mavsumni boshlaganmiz va yanvar oyida ko'plab futbolchilarim Osiyo Kubogida ishtirok etishdi.



- "Al Sadd" Qatar chempioni sifatida ilk uchrashuvni o'tkazadi. O'sha chempionlikni OCHLda qanday davom ettirmoqchisizlar?
Pedro Migel:
- Bosh murabbiy aytib o'tdi, Qatar chempionligi bizga qo'shimcha kuch beradi. Ertaga o'sha kuch bilan harakat qilamiz.

- "Paxtakor"ning kuchli tomonlarini aytib o'tdingiz, raqibning kuchsiz tomonlari nimada?
- Buni jiddiy so'rayapsizmi? SHundoq ham "Paxtakor" to'p bilan yaxshi jamoa ekanligini aytdim. Menimcha shularni o'zi etarli bo'ldi.

- Arab klublari OCHLda safarda va uyda turlicha jamoaga aylanishadi. Uyda juda kuchli, safarda esa kuchsizroq. Masalan, o'tgan yil jamoa "Nasaf"ga yutqazib qo'ygandi, mana bu yil "Al Ahli"ga ham mag'lub bo'ldinglar. Bu nima bilan bog'liq?
- O'tgan yilga nisbatan o'sishga erishdik. Ertaga taxminan 20-25 ming muxlis keladi. Bu esa "Paxtakor"ning qo'shimcha o'yinchisiga aylanadi. Biz esa o'z uyimizda 1000 nafarga ham etmaydigan muxlislar qarshisida o'ynashimiz mumkin. Bundan tashqari futbolda jamoalar ikkita to'p berilmaydi. Yani raqib ham o'z o'yinini namoyish etadi va gol urishga harakat qiladi.

- Saad Al SHib va Abdulkarim Hassan haqida nima deya olasiz?
- Ikkinchi darvozabon Meshal yaxshi o'ynamoqda. Abdulkarim esa jarohat olgani uchun maydonga tushmaydi. Bu ikki futbolchining o'ynamasligi "Paxtakor"ga sovg'a.

- Xavi Toshkentga keldi. U maydonga tushadimi yoki turist bo'lib keldimi?
- Ertaga u maydonga tushadi. Xursandmisiz? (kuladi).



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика