Jeyms va Van-Bissaka MYUning "Derbi"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
04 mar 2020 17:20
Yangiliklar


Jeyms va Van-Bissaka MYUning "Derbi"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher "Derbi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Manchester Yunayted" Angliya Kubogi 1/8 final doirasida "Derbi"ga bahs olib boradi.
- Jeyms o'ynamasligi mumkin. Pogba va Reshford hali ham jarohatdan tiklanish bilan bandlar. Van-Bissaka bugun tekshiruvdan o'tadi. U o'ynashga harakat qilmoqda, ammo "Derbi"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi", - deydi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, "Derbi" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti 00:45da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar