Jerrard: "Koutino "Barsa"da o'ynashni orzu qiladi, ammo..."
13 avg 2017 17:07
Yangiliklar


Jerrard: "Koutino "Barsa"da o'ynashni orzu qiladi, ammo..."
"Yuzaga kelgan vaziyatda faqatgina "Barselona“ aybdor. Kataloniyaliklar vakillari Koutinoga: „Hozir yoki hech qachon. Agar hozir safimizga qo'shilmasang, boshqa seni oldinga qaytib kelmaymiz“, deyishadi. Ular futbolchiga bosim o'tkazishmoqda va shuning uchun Filippe arosatda qolib ketmoqda.
Janubiy Amerikalik bu yigitcha doimo "Barselona"da o'ynashni orzu qilgan, shuning uchun bunday imkoniyat kelajakda bo'lmasligidan qo'rqmoqda.
Filippeni yaxshi bilaman. U juda yaxshi inson va u jamoani janjal bilan tark etishni istamasligi aniq. Uning bugungi darajaga chiqishida "Liverpul" katta rol o'ynadi. U yaqinda klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va endi nima qilishini bilmay qoldi. Koutino klub uchun kamida qilishi mumkin bo'lgan ish bu yana bir mavsum o'ynab, keyin Kataloniyaga yo'l olish".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar