Jyerdan Shakiri: Bir necha yil oldin biz bunday ishni qila olmasdik

23 iyun 2018, 07:40
Jyerdan Shakiri Serbiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Gol urganingizdan so'ng, alban bayrog'ini tasvirlaganingiz rostmi?
- Bu haqda gapirishni istamayman. Futbolda juda ko'p hislar bor. Bunisi ham shunchaki his-tuyg'ular, xolos. Men shunchaki gol urganimdan juda xursand edim. Bu haqda boshqa gapirishni xohlamayman.
- Golingiz qanday sodir bo'ldi?
- Gavranovich yaxshi uzatma berdi. Bu yaxshi vaziyat edi. Men his qilgan holda darvoza tomon yaqinlashdim va gol urdim.
- Jamoa rivojlanishda davom etyaptimi?
- O'zingiz ko'rdingiz, bugun qanday o'ynaganimizni. Biz futbolchilari top-klublarda to'p suruvchi yaxshi jamoani mag'lub etdik. Avvaliga hisobda ortda bordik, keyin esa o'yinni o'zgartira oldik. Bir necha yil oldin biz buni qila olmas edik.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru