Jerar Moreno - Germaniyaga qarshi o'yindan oldin: "Ispaniyaga ishonaman. Biz holatni to'g'rilaymiz"
15 noy 2020 11:28
Yangiliklar


Jerar Moreno - Germaniyaga qarshi o'yindan oldin: "Ispaniyaga ishonaman. Biz holatni to'g'rilaymiz"
Ispaniya termasi hujumchisi Jerar Moreno Millatlar ligasi doirasida SHveycariyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamiz ko'plab gollar ursa bo'ladigan vaziyatlar yarata olyapti - shu tempda davom etishimiz kerak. Bugun rostdan ham gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Faqatgina ularni gol urish kerak holos.
Yarim finalga chiqish o'zimizning qo'limizda. Seshanba kuni Germaniyaga qarshi chiroyli o'yin namoyish qilsak, keyingi bosqichga chiqamiz. Barchasi o'z qo'limizda. Ularning maydonida yomon o'yin ko'rsatmadik va 1:1 hisobini qayd etdik. Bu ular uchun ham chaqiruv. Jamoaga to'laqonli ishonaman. Biz holatni to'g'rilab, vazifani bajaramiz", - dedi Moreno.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar