Jeparovning "Andijon"ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda
10 mar 2016 23:55
Yangiliklar


Jeparovning "Andijon"ga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda
Tajribali yarim himoyachi Server Jeparov "Lokomotiv" tarkibiga kelib qo'shilganidan beri hozircha bitta o'yinda maydonga tushdi.
"Temiryo'chlilar" bungacha uchta rasmiy bellashuvda ishtirok etgan bo'lishsa, Jeparov jarohati sabab safarda "Al Ittihod" hamda "Navbahor" bilan bo'lgan bahslarni o'tkazib yubordi.
Bugun o'tkazilgan mashg'ulotda esa Server to'liq qatnashdi va mashg'ulot tugagach hammasi joyida ekanini aytib o'tdi: "O'zim ancha yaxshi his qilyapman, jarohat ortda qoldi. Ertaga "Andijon" bilan bo'ladigan bahsda to'p surishdan umidvorman. Nasib qilsa g'alaba qozongan holda ortga qaytamiz". Eslatib o'tamiz, oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" bahsi 16:30da start oladi.
"Lokomotiv" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar