Jeparov jamoasi OCHL o'yinini Turkmanistonda o'tkazmoqchi
09 jan 2018 16:10
Yangiliklar
Jeparov jamoasi OCHL o'yinini Turkmanistonda o'tkazmoqchi
OCHL-2018 guruh bosqichi doirasidagi "Istiqlol" - "Al Hilol" uchrashuvi Turkmanistonda bo'lib o'tishi mumkin.
"D" guruhidan o'rin olgan mazkur o'yin 20 fevral kuni bo'lib o'tishi lozim. Eron va Saudiya Arabistoni mamlakatlari o'rtasidagi siyosiy vaziyat tufayli uchrashuv neytral davlatda bo'lib o'tishi kerak. Server Jeparov o'ynayotgan "Istiqlol" bu bahsni Turkmanistonda o'tkazishni xohlamoqda. Bu haqda ahdaaf nashri xabar berdi.
Bu holat faqatgina OFK tomonidan tasdiqlansa bas.
Ushbu guruhda shuningdek Qatarning "Ar Rayyan" klubi ham bor. Yana bir jamoa "Al Ayn" (BAA) - "Malkiya" (Bahrayn) o'rtasidagi o'yindan so'ng malum bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar