Jeparov darvozabon yohud O'zbekistonda yangi Odemvingie tarbiyalanmoqda
10 noy 2016 14:32
Yangiliklar
Jeparov darvozabon yohud O'zbekistonda yangi Odemvingie tarbiyalanmoqda
Kuzatamiz, bizda yangi Odemvingie paydo bo'ladimi...
Bugun "Mega Sport Football" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda, 2007 yilda tug'ilgan yosh "qaldirg'ochlar" darvozasini, O'zbekiston milliy terma jamoasi gvardiyachisi Server Jeparovning to'ng'ich farzandi, Raul Jeparov qo'riqladi. Unga qarshi shu yilda tug'ilgan Emmanuel Emongpaeri qarshi to'p tepdi. Yodingizda bo'lsa, "Lokomotiv" (Rossiya) va "Vest Bromvich" (Angliya)dagi faoliyati bilan mashhur bo'lgan Piter Odemvingie 1981 yil Toshkentda tavallud topgan va 13 yoshida Rossiyaga ko'chib ketgan edi.
Aftidan Raul otasiga emas, ko'proq Nesterovga o'xshashni orzu qilgan ko'rinadi...
Bugungi o'yinda "Mega Sport Football" jamoasining hujum chizig'ida Baxtiyor Ashurmatovning farzandi to'p tepdi.
Fikrlar