"Jenoa" hujumchisi A Seriyaning yanvardagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
03 fev 2021 07:33
Yangiliklar


"Jenoa" hujumchisi A Seriyaning yanvardagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Jenoa" hujumchisi Mattia Destro A Seriyaning yanvardagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Bu haqda Italiya futbol associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Oyning eng yaxshi o'yinchisi uch italyan ligasidan tanlab olinadi.
Destro yanvarda "Jenoa"ning Italiya chempionatidagi o'yinlarida 5ta gol urdi, jumladan 29 yoshli forvard "Krotone" (3:0)ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Jenoa" Italiya chempionatida 20 turdan so'ng jadvalda 14-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar