Jennaro Gattuzo A seriyada ish boshlashi mumkin
31 okt 2019 14:00
Yangiliklar
Jennaro Gattuzo A seriyada ish boshlashi mumkin
Sky Sport Italia nashri xabariga qaraganda, italiyaning "Udineze" klubi bosh murabbiyi Igor Tudor istefoga chikarilishi mumkin.
Bunga sabab qilib jamoa A seriyaning so'nggi ikki uchrashuvida yirik hisobda mag'lubiyatga uchragani("Atalanta"dan 1:7 va "Roma"dan 0:4) ko'rsatilmoqda. Takidlash lozimki, "zebralar" musobaqa jadvalining 14-pog'onasida bormoqda va ularni autsayderlar zonasidan 3 ochko ajratib turibdi.
"Udineze" murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida "Milan" klubi sobiq ustozi Jennaro Gattuzo ko'rilmoqda.
Fikrlar