JCH. Xorvatiya 2-marotaba uchinchi o'rin uchun bahsda qatnashadi
14 dek 2022 10:00
Yangiliklar


JCH. Xorvatiya 2-marotaba uchinchi o'rin uchun bahsda qatnashadi
Qatardagi mundial yarim finalida Xorvatiya TJ 0:3 hisobida Argentinaga engildi.
Xorvatlar 3-marotaba JCHda kuchli to'rt ishtirokchi qatoridan joy olishdi. Bundan tashqari, ular 2-marotaba bronza medali uchun bahsda ishtirok etishadi. 1998 yil Xorvatiya 2:1 hisobida Niderlandiyani engib, 3-o'rinni qo'lga kiritgan. SHu bilan birga mazkur terma jamoa 2018 yil Rossiyadagi mundial finalida Franciyaga (4:2) imkoniyatni boy bergandi.
Eslatib o'tamiz, Xorvatiyaga bo'lajak bahsda Franciya yoki Marokash raqiblik qiladi. JCH-2022 bronza medali uchun uchrashuv 17 dekabr kuni “Xalifa Milliy” stadionida (20:00) bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar