So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

JCH saralash. Saudiya Arabistoni Toshkentda yutib ketganidan beri nechta o'yin o'tkazdi? Yangiliklar

JCH saralash. Saudiya Arabistoni Toshkentda yutib ketganidan beri nechta o'yin o'tkazdi?

Bugun JCH saralash bosqichi ikkinchi raund uchrashuvlariga yakun yasaladi.

Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Ar Riyoddagi "King Saud University" stadionida Saudiya Arabistoni - O'zbekiston uchrashuvi start oladi. Guruh jadvalida saudiyaliklar 17 ochko bilan birinchi, O'zbekiston esa 15 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Demak, bugungi to'qnashuv guruhda birinchi bo'lish masalasini hal qiladi. 

SHu paytgacha har ikki jamoa jahon chempionatlari saralash o'yinlarida o'zaro 5 marta kurash olib borgan. SHundan uchtasida Saudiya Arabistoni terma jamoasini qo'li baland kelgan bo'lsa, bir marta O'zbekiston milliy terma jamoasi g'alaba qozongan hamda bitta o'yin durang bilan yakun topgan. JCH saralash o'yinlarida yagona g'alabamiz 2008 yilning 26 mart sanasida ro'y bergan. 

Hozirgi "Bunyodkor" stadioni o'rnida oldin MHSK stadioni bo'lardi. O'sha o'yingohda saudiyaliklarni 3:0 hisobida mag'lub etganmiz. Rauf Inileev qo'l ostida to'p tepgan futbolchilardan Timur Kapadze, Maksim SHackix va Server Jeparov gol muallifi bo'lishgan. 

Saudiya Arabistoniga qarshi hozircha oxirgi uchrashuvni 2019 yilning noyabr oyida o'tkazdik va "Paxtakor" stadionida kechgan bahsda 2:3 hisobida yutqazib qo'ydik. Bu o'yinda Eldor SHomurodov bilan Otabek SHukurov gol muallifi bo'lganini yaxshi bilasiz. 

Saudiya Arabistoni bizni Toshkentda yutib ketganidan beri 12ta bahsda maydonga tushdi. 

19.11.2019. O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni - Paragvay 0:0

27.11.2019. Ko'rfaz Kubogi. Saudiya Arabistoni - Quvayt 1:3

30.11.2019. Ko'rfaz Kubogi. Bahrayn - Saudiya Arabistoni 0:2

02.12.2019. Ko'rfaz Kubogi. Ummon - Saudiya Arabistoni 1:3

05.12.2019. Ko'rfaz Kubogi. Saudiya Arabistoni - Qatar 1:0 

08.12.2019. Ko'rfaz Kubogi. Bahrayn - Saudiya Arabistoni 1:0 

14.11.2020. O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni - Yamayka 3:0 

17.11.2020. O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni - Yamayka 1:2

25.03.2021. O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni - Quvayt 1:0

30.03.2021. JCH-2022 saralash. Saudiya Arabistoni - Falastin 5:0

05.06.2021. JCH-2022 saralash. Saudiya Arabistoni - Yaman 3:0

11.06.2021. JCH-2022 saralash. Singapur - Saudiya Arabistoni 0:3

O'tkazilgan 12 o'yinning 8tasida saudiyaliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 3 marta mag'lubiyatga uchrashdi hamda bir bor durang qayd etishdi. Etiborlisi, bu jamoa oxirgi 4ta o'yinni g'alaba bilan yakunladi hamda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика