JCH saralash. Ertangi raqibimiz Saudiya Arabistoni sport zalda mashg'ulot o'tkazdi
14 iyu 2021 13:35
Yangiliklar
JCH saralash. Ertangi raqibimiz Saudiya Arabistoni sport zalda mashg'ulot o'tkazdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga JCH saralash bosqichi ikkinchi raund oxirgi tur uchrashuvini o'tkazadi.
Terma jamoamiz azolari guruhda birinchi o'rinni egallash uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushishadi. Guruh jadvalida Saudiya Arabistoni 17 ochko bilan birinchi, O'zbekiston esa 15 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Ertangi muhim bellashuv Ar Riyoddagi "King Saud University" stadioni bo'lib o'tadi hamda Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. Saudiyaliklar kecha futbol maydonida emas, balki sport zalda mashg'ulot olib borishdi. Jamoa bosh murabbiyi Erve Renarning nima sababdan bunday qarorga kelgani biz uchun qorong'u.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar