So’nggi yangiliklar

21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  4 21:02Миллар лигаси. Дания, Сербия, Словакия ва Озарбайжон жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:3 (матнли трансляция)  7 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  1 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  12 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  5

JCH saralash bahslari Bahraynda o'tkazilishi hamon eronliklarning jahlini chiqarmoqda Yangiliklar

JCH saralash bahslari Bahraynda o'tkazilishi hamon eronliklarning jahlini chiqarmoqda

Teglar :  EronOFKJCH saralash
OFK jahon chempionatiga saralash bosqichining keyingi bahslarini markazlashgan tartibda o'tkazishga qaror qildi.

"C" guruhida kurash olib borayotgan Eron terma jamoasi juda qiyin vaziyatga tushib qolgan. Eronliklar 4ta o'yindan so'ng 6 ochko to'plagan holda uchinchi o'rinda borishyapti. Buyog'iga qolgan to'rtta bahsning barchasida g'alaba qozongan taqdirda Eron terma jamoasi keyingi bosqichga yo'l oladi. 

Eron qolgan to'rtta o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazishi kerak edi. Va uydagi uchta bellashuv Gonkong, Bahrayn va Iroq terma jamoalariga qarshi kechishi lozim edi. Safarda esa Kambodja bilan o'yin qolgandi. 

Lekin OFK saralash bahslari markazlashgan tartibda Bahraynda bo'lib o'tishini malum qildi. Buning ustiga Bahrayn guruhdagi ikkinchi yo'llanma uchun aynan Eron bilan kurash olib bormoqda. Guruh o'yinlarining Bahraynga berilishi eronlik futbol muxlislari, qolaversa Eron futbol federaciyasi xodimlariga ham yoqmadi. 

Ko'pchilikning fikricha, bu atayin qilingan "o'yin"ga o'xshab qoldi. Mart oy oxirlarida OFK Eron FFga rasmiy xat yo'llab, uchrashuvlar o'tadigan joy Bahrayndan boshqa mamlakatga, xususan Eronga ham ko'chirilmasligini maqulladi. SHundan so'ng etirozlar yanada kuchaydi. 

Natijada Eron futbol federaciyasi Xalqaro sport arbitraj sudiga yozishga majbur bo'ldi. Lekin bu ham hozircha foyda bergani yo'q. Keling, shu o'rinda fevral boshidan beri nimalar ro'y berganini ketma-ketlikda keltirib o'tamiz.

Fevral boshi

- OFKga azo associaciyalar ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi va bunda jahon chempionati saralash bosqichi markazlashgan tartibda bo'lishi hamda "C" guruhi o'yinlariga Bahrayn mezbonlik qilishi aytildi. Bu esa uchrashuvlar uy-mehmon tarzida davom etmasligi ayon bo'ldi degani edi.

16 fevral

- OFK azo mamlakatlar bilan mart oyidagi saralash bahslari qanday tartibda o'tkazilishi haqida uchrashuv o'tkazdi. Eron MTJ bosh murabbiyi Dragan Skochichga martdagi o'yinlar o'tkazilmasligi hamda musobaqa markazlashgan tartida iyunda bo'lib o'tishi haqida xabar keldi.

17 fevral

- Bahrayn futbol associaciyasi guruhning qolgan 8ta o'yini Bahraynda o'tkazilishi haqidagi xatni qabul qildi. SHuningdek, ular Eron terma jamoasining samolyot yo'lkirasini ham ko'tarib beradigan bo'lishdi. Bahrayn xuddi shu taklif bilan Kambodja, Iroq va Gonkongga ham chiqdi.

5 mart

- OFK Bosh kotibi Dato Uindsor Jon Eron futbol federaciyasidan nima uchun mezbonlik Bahraynga berilgani haqidagi xatni qabul qilib oldi. Xatda OFKga homiylik qiladigan davlatlarga saralash o'yinlari markazlashgan tartibda berilgani sababini tushuntirib berish so'ralgandi. Axir bunda manfaatlar to'qnashuvi ro'y berishi mumkin. 

12 mart

- OFK saralash bahslariga mezbonlik qiladigan 8ta mamlakat nomini malum qildi. Buni qarangki, to'rtta o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazishi kerak bo'lgan Eron markazlashgan o'yinlarni Bahraynda o'tkazadigan bo'ldi. Eronning birlamchi etirozi shunda bo'ldiki, ular Bahraynga qarshi birinchi bahsni safarda o'tkazib bo'lishgandi (bunda Bahrayn 1:0 hisobida g'alaba qozongan), shu bois ikkinchi marta yana Manamada o'yin tashkil etilishi futbol qoidalariga to'g'ri kelmasligi aytildi. 

13 mart

- Eron futbol federaciyasi OFKdan tashkilot chiqargan qaror hurmat qilinishi lozimligi haqida xat oldi. 

16 mart

- Eron futbol federaciyasi shaxsan OFK prezidenti SHayx Salmon nomiga nima uchun mezbonlik Bahraynga berilganini ochiqlash hamda bu mavzu yuzasidan uchrashuv tashkil etish lozimligini keltirib maktub yo'lladi.

19 mart

- Eron FF OFK Bosh kotibi nomiga 12 sahifadan iborat hujjat yo'lladi. Bu hujjatda saralash o'yinlari Bahraynda o'tkazish kerakmasligi, Eronda tashkil qilingan taqdirda tashkilotchilik bilan bog'liq barcha ishlar yuqori saviyada bo'lishi keltirib o'tildi.

19 mart

- SHu kuni kechki payt OFK Bosh kotibi Dato Uindsor Jon Eron FFga 12 sahifalik hujjatni qabul qilib olganini malum qildi. SHuningdek, OFK prezidenti hozircha eronlik rasmiylar bilan ko'risha olmasligini hamda qachonki Eron FFga yangi prezident saylansa, shundan keyin uchrashuv bo'lib o'tishini aytib o'tdi. 

22 mart

- Eron futbol federaciyasi 3 aprel kuni OFK prezidenti bilan uchrashuv tashkil qilish maqsadida yana maktub yo'lladi. 

28 mart

- Eron rasmiylari OFK Bosh kotibi bilan onlayn suhbat o'tkazish maqsadida xat yozishdi. Maqsad - nima uchun saralash o'yinlarining Bahraynga berilganini muhokama qilish edi.

30 mart

- 30 mart kuniga belgilangan onlayn uchrashuv o'tkazilmadi. OFKdan hech kim eronliklar bilan aloqaga chiqmadi.

31 mart

- OFK bir qator savollarga javob bermayotgani yoki javob berishdan o'zini olib qochayotganini bilgan Eron FF Bahraynga bormaslik kerak degan to'xtamga keldi. Xuddi shu kuni federaciya Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilishga majbur bo'ldi. 

5 aprel

- Xalqaro sport arbitraj sudi Eronning murojaati bilan tanishib chiqqanini malum qildi. 

6 aprel

- OFK Ijro qo'mitasi va boshqa vakillar Manamada uchrashib bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Lekin bu yig'ilishda Eron mavzusi umuman tilga olinmadi.

P.S. SHunday qilib Eron futbol federaciyasining bir necha bor murojjat qilishiga qaramay, OFK hamon beparvolik qilib kelmoqda. Eronliklar esa tinmay xat yozishdan to'xtashmayapti. Yakunda nima bo'lishini esa oliy hakam vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика