So’nggi yangiliklar

12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  2 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналду катта миқдорда товон тўлайди  1 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  0 10:53U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита учрашувида ишлашади  1 10:27Sofascore. Майдонда 20 дақиқа ҳаракат қилган Ғаниев энг яхшиларидан бири бўлди  0 10:02«Реал Мадрид» чемпионлар «қотили». Мадридликлар ЧЛ рекордини ўрнатди  52 09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10EЧЛ. Ҳафта футболчиси бўлишга номзодлар эълон қилинди  11 08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  48 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  12 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  15 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   11 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   2 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   1

JCH oldidan o'ziga yangi klub topishi kerak bo'lgan futbolchilar Yangiliklar

JCH oldidan o'ziga yangi klub topishi kerak bo'lgan futbolchilar

Murabbiylar noodatiy vaqtga qo'yilgan shu yilning noyabr oyida Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati va uning transfer bozoriga tasiri haqida xavotir bildirishayotgan paytda hali yangi mavsum boshlanmagan ham edi.

Misol uchun 5 avgust kuni "CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel shunday fikrlarni bildirgan edi: "Futbolchilar allaqachon yaqinlashayotgan Jahon chempionatiga jiddiy etibor qaratishmoqda. Bu bir tomondan yaxshi narsa, chunki ular formada bo'lib tayyor holda etib keladi va o'z ustida ishlaydi. Yomon tarafi esa ular bu erda, yani o'z klublarida emas va bor etiborlari Jahon chempionatida. Ularning bir qismi faqat noyabr oyi haqida o'ylayapti, deb his qilyapman”.

Oradan bir hafta o'tib "Tottenxem" ustozi Antonio Konte ham xuddi shu borada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: "Har mavsumning turli asosiy nishonlari bor. Bu mavsumda esa – Jahon chempionati bor. Ko'p o'yinchilar muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ularni ko'proq o'ynatishni so'rashadi". 

Tuxel va Kontening gapi kamdan kam hollarda bir joydan chiqadi, shu bois bu safar ularning qarashlarini jiddiy qabul qilishimiz kerak. Qatarda mundial start olishiga 100 kundan kamroq vaqt qoldi. Davlatlar o'rtasidagi xalqaro turnirlar yilning iyun va iyul oylarida bo'lib o'tadigan odatiy mavsumlarda yanvar oyidagi transferlar oynasida o'yinchilar kelajaklari borasida qayta o'ylab olishi va qisqa muddatli ko'chishlar borasida mushohada qilib, mamlakati yuqori o'rinlarni egallashi uchun kurashishga shay bo'lib turishga urinadi. Bazilar soatning chiqillashini boshqalardan ko'ra balandroq his qiladi. Ushbu transfer oynasi tugashiga ikki hafta qolganida hamma joyda asosiy tarkibdan chetda qolayotgan o'yinchilar sabrli bo'lib, o'z imkoniyatlarini kutish yoki Jahon chempionati orzularini saqlab qolish uchun harakat qilishni o'ylab qoladilar. Keling, Qatar jumbog'iga tushib qolganlarning bir nechtasini ko'rib chiqamiz.

Kristian Pulishich ("CHelsi"/AQSH)

Bu borada anchadan buyon ogohlantiruvchi ishoralar bor edi. "CHelsi" Rahim Sterling bilan shartnoma tuzdi, Rafinyaga ozgina etmadi, u "Barsa"ga o'tib ketdi va anchadan buyon ikki hujumkor futbolchi xarid qilish uchun takliflar berilyapti – "Everton"ning Entoni Gordon uchun berilgan ikki taklif rad etildi va "Barselona" hujumchisi Per Emerik Obameyang borasida muzokaralar hali davom etyapti. 

Ushbu nuqtada keng ko'lamli o'sish talab qilinayotgani bois Romelu Lukaku va Timo Vernerning ketishiga izn berildi va bu Pulishichga ushbu mavsum "Stemford Brij"da o'zini ko'rsatish uchun kurashishga chaqiriqdir. U APLda "CHelsi"ning dastlabki ikki o'yinida maydonga tushdi, biroq u zaxiradan tushganidan keyin o'ynagan daqiqalari jami 30 daqiqadan oshmadi. Xuddi shunday davom etish u uchun etarli bo'lishi mumkin. Axir, uning AQSH terma jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushishi deyarli oldindan kafolatlangan. SHunday bir bahs bor – maydondagi cheklangan o'yin amaliyoti ham Pulishichni Qatarga hozirlay oladi. 

Pulishichning "CHelsi" bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Balki uning boshqa jamoaga o'tishi masalasi ushbu yirik turnirdan keyin yoki kelasi yozda ko'rib chiqilishi mumkin. Biroq biror yaxshi natija ko'rsatayotgan klubdan asosiy tarkibdan o'rin taklif qilishsa, bu futbolchi uchun ham "ko'klar" uchun ham yoqib tushishi mumkin. "Manchester Yunayted"ning Pulishich uchun ijara taklifi vaziyatni butunlay o'zgartirib yubora oladi. "CHelsi" uni mahalliy raqib tarkibiga qo'shilishiga ruxsat berish masalasi so'roq ostida qolmoqda. "Nyukasl”, "Yuventus" va "Atletiko Madrid" vaziyatni kuzatib bormoqda. Ammo MYU eng kamida Evropa futboli boshqa mamlakatga ko'chishdan oldin JCH boshlanishiga bir necha oy qolganida taklif bilan chiqadi. 

Kallum Xadson-Odoi ("CHelsi"/Angliya)

Klubining o'z poziciyasidagi boshqa o'yinchilarni taqib qilayotganini kuzatib turgan yana bir vinger sifatida Xadson-Odoi "CHelsi"da xuddi Pulishichga o'xshash holatda. Ammo u xalqaro maydonda harakat qilish uchun katta bosim ostida qolib ketgan. Darhaqiqat, 21 yoshli futbolchining Angliya terma jamoasini uni o'z rejalariga kiritishga majbur eta oladigan imkoniyati yo'q yoki juda past. CHunki futbolchi so'nggi bor 2019 yilning noyabr oyida maydonga tushgan.

Biroq vinger uchun umidning zarradek uchquni Garet Sautgeyt shakllantirishi kerak bo'lgan 26 kishidan iborat kengaytirilgan tarkibga kirishda o'z aksini topadi. Murabbiy o'yinchilarni formada ekani yoki yo'qligiga ko'ra saralashi inobatga olinsa, keyingi bir necha oy ichida ajoyib oldinga harakatni amalga oshirish futbolchiga mana shunday umidni taqdim qilishi mumkin. "CHelsi" hozirda doimiy transferdan ko'ra ijaraga berishni afzal ko'radi, biroq boshqa ko'plab tomonlar qatorida "Nyukasl" va "Aston Villa" uni o'ziniki qilish uchun qiziqish bildirgan. 

Konor Gallaxer ("CHelsi"/Angliya)

O'tgan mavsumni ijara asosida "Kristal Pelas"da o'tkazgan Gallaxer ajoyib o'yin namoyish etdi va Angliya terma jamoasi tarkibiga kirishni uddaladi. U mavsum davomida terma tarkibida 4 ta o'yinda maydonga tushdi va iyun oyida oxirgi o'yinda Millatlar Ligasida o'z o'yida Vengriyaga 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. SHunday bo'lishiga qaramay, Sautgeyt tarkibidagi o'rinlar uchun jiddiy raqobat mavjud. U "CHelsi" tarkibida muntazam o'ynamasa ham oxirgi 26 talikning ichiga kirishi mumkin bo'lgan autsayder hisoblanadi. 

22 yoshli futbolchi "CHelsi"ning Premer-ligadagi dastlabki ikki o'yinida zaxira futbolchilari tarkibiga kiritildi va maydonda atigi 7 daqiqa harakat qildi.

Agar Gallaxer sotuvga qo'yilsa, "Nyukasl" va "Kristal Pelas" unga qiziqish bildiradigan jamoalar orasida bo'ladi. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachining muxlisi hisoblanadi va vaziyat N’Golo Kantening jarohatidan so'ng nihoyatda murakkablashdi. Yakshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:2) franciyalik Jahon chempioni tizzasidagi jarohat sabab maydonni erta tark etdi. "CHelsi" uzoq vaqt chetda qolgan Gallaxer bilan xayrlashishga kamroq moyil bo'ladi.

Markos Alonso ("CHelsi"/Ispaniya)

Alonso bir necha oydan beri "Barselona"ga o'tishni xohlayotgan edi. Kataloniya klubining davom etayotgan moliyaviy muammolari, shuningdek, "CHelsi" bilan transfer narxi bo'yicha kelishmovchiliklar uning ushbu istagiga to'sqin bo'luvchi asosiy omillar bo'ldi. CHap qanot himoyachisining o'zi bunga qattiq harakat qilmoqda, chunki u Qatarda o'ynaydigan Ispaniya terma jamoasi safiga kirish uchun katta imkoniyatga ega. O'tgan yilning noyabr oyida Alonsoni terma jamoa tarkibidan chetlashtirgan bosh murabbiy Luis Enrike buning sababini quyidagicha izohladi: "Tan olishim kerakki, bu safar men o'yinchiga nisbatan adolatsizlik qildim. Bu holatda Markos Alonso avvalgi uchrashuvlarda ko'rsatgan o'yini uchun bu erda bo'lishga va hatto asosiy tarkibda boshlashga loyiq edi".

O'shanda Enrike chap qanot himoyachisi sifatida Xose Gayya va Jordi Albani tanlagan, chunki Alonso o'sha vaqtda "CHelsi" tarkibida bir necha daqiqagina o'ynagan edi. Biroq Ben CHiluell tizzasidan jiddiy jarohat olganidan so'ng Alonso "Stemford Brij"da mavsumning ikkinchi yarmida muntazam maydonga tushdi va 31 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining mart va iyun oylaridagi uchrashuvlariga chaqirib olindi. Ammo CHiluellning qaytishi bilan birga Mark Kukurelyaning "Brayton"dan 53 million funt evaziga olib kelinishi Alonsoning yana chetda qolishini anglatadi. Yozda biror boshqa klubga ko'chish uning Qatarga borish umidi uchun o'ta muhim hisoblanadi.

Eden Azar ("Real Madrid"/Belgiya)

Eden Azarning "Real Madrid"dagi uch yili falokatli bo'ldi – 28 ta o'yinni asosiy tarkibda boshladi, 4 ta gol urdi va ko'plab jarohatlar oldi – biroq uning omadi o'zgargani mumkinligiga bazi ishoralar bor. U Jahon chempionatiga optimal formada sog'lom etib borishi mumkin.

Mart oyida to'pig'i singanidan so'ng oyog'iga o'rnatilgan metall plastinkani olib tashlash bo'yicha jarrohlik amaliyoti 31 yoshli yigitni yillar davomida birinchi marta og'riqsiz qoldirdi. 

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Azarning qiyinchiliklariga qaramay, unga nisbatan ishonchini saqlab qoldi. U iyun oyida UEFA Millatlar Ligasida 3 ta o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Madridda Karlo Anchelotti bu yil Azardan ko'proq foydalanishni niyat qilgan. Azar afzal ko'radigan chap qanot hujum nuqtasi Vinisius Junior tomonidan egallagan. Anchelotti esa futbolchini Karim Benzema bilan almashtirib o'ynatishni reja qilgan.

La Liganing ilk turida "Almeriya"ga qarshi o'yinida "Real" 0:1 hisobida yutqazayotgan paytda Azarning yordami bilan jamoa 2:1 hisobida zafar quchdi va Anchelotti belgiyalik o'yinchi haqida:

"Jismoniy jihatdan u – yaxshi. Menimcha, yana maydonda ko'proq harakat qila boshlaydi", – deya fikr bildirdi. 

Azar Madridni muvaffaqiyatsizligi tufayli tark etishni xohlamadi. Ushbu mavsumda u bu hikoyani butunlay o'zgartirib yuborish imkoniga ega bo'ladi. To'g'ri, u asosiy tarkibda tushadigan muhim o'yinchilardan biri bo'lmasligi mumkin, biroq u o'yin taqdirini o'zgartiradigan charm to'p ustasi bo'lib maydonga tushadi.

Markus Reshford ("Manchester Yunayted"/Angliya)

Reshfordning muammosi etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganida emas, balki ulardan unumli foydalana olmayotganida. U o'tgan mavsum 32 ta o'yinda maydonga tushdi, biroq Angliya terma jamoasining mart oyidagi xalqaro o'yinlari oldidan tarkibdan chetlatildi. Uning formasi jamoadan joy olishiga kafolat bo'lib bera olmadi. Besh oy o'tdi va muammo haliyam o'sha-o'sha. 24 yoshli futbolchi PSJga o'tishi aytilgandi, ammo "Manchester Yunayted" uning ketishiga yo'l qo'ymasligini takidladi. SHundan so'ng bu ko'chish u uchun foydali bo'lishi borasida bahslar paydo bo'ldi. 

U ushbu yozda katta ehtimol bilan "Old Trafford"da qoladi va boshqa bir nechta variantlar bilan Erik ten Xag jamoasida imkoniyatga ega chiqishda davom etishi mumkin. Sautgeyt uni Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibga qo'shishi uchun harakat qilish faqat Reshfordning o'ziga bog'liq. Biroq mavsum starti MYU va Markus uchun kutilganidek yaxshi bo'lmadi.

Serxio Regilon ("Tottenxem"/Ispaniya)

Konte biror o'yinchini jamoasida ko'rishni istamasa, yakunda ular jamoada qolgan. "Tottenxem" safida 2 mavsumda 67 ta o'yinda maydonga tushgan Regilon jamoaning Janubiy Koreyada bo'lgan mavsumoldi safaridan chetda qoldi va joriy mavsum Premer-liganing o'tgan ikki turida ham maydonga tushirilmadi. Kontening qanot himoyachilari u o'yin uchun tanlaydigan 3-4-3 taktik tizimi uchun juda muhim va o'zining chap qanot himoyasida Rayan Sessenon va Ivan Perishich o'rtasida kurash bo'lishini istaydi. Perishich "Inter"dan tekinga jamoaga kelib qo'shilgan edi. 

"SHporlar" kelajagini ham rejalashtirmoqda – 19 yoshli Destini Udoji 15 million funtga sotib olinib, so'ng sobiq jamoasiga ijaraga berib yuboriladi. Regilon Ispaniyaga qaytishi mumkin edi. U oxirgi marta sentyabr oyida terma jamoa safiga jalb qilingandi. Muntazam o'yinlarda ishtirok etishgina uni yana terma jamoadagi o'rin uchun kurashga qaytarishi mumkin.

Mansurbek Nematov tarjimasi 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика