So’nggi yangiliklar

10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  1 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  8 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  6 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  4 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29

JCH-2034da stadionlarda alkogol bo'lmaydi! FIFA Saudiya Arabistoni hukumatiga qonunlarni engillashtirish bo'yicha bosim o'tkazmaydi Yangiliklar

JCH-2034da stadionlarda alkogol bo'lmaydi! FIFA Saudiya Arabistoni hukumatiga qonunlarni engillashtirish bo'yicha bosim o'tkazmaydi

Saudiya Arabistonida o'tishi rejalashtirilgan JCH-2034 musobaqasida stadionlarda alkogol mahsulotlarini istemol qilish taqiqlanadi.

"The Guardian"ning xabariga ko'ra, Jahon chempionati-2034 davomida stadionlarda pivo sotilmaydi. Fan-zona va mehmonxonalarda alkogol sotiladimi yoki yo'q, hozircha nomalum bo'lib qolmoqda. Ammo shunisi aniqki, FIFA Saudiya Arabistoni hukumatiga qonunlarni yumshatish bo'yicha bosim o'ktazmoqchi emas. 

Takidlanishicha, FIFA Qatardagi mundial tajribasini inobatga olgan. O'shanda Qatar hukumati musobaqa davrida stadionlarda alkogol ichimliklarini sotuvi bo'yicha avvaliga kelishuvga erishilganiga qaramay, uni buzishga qaror qilishgan – natijada tashkilot "Budweiser" pivo brendiga ega homiylardan biri "AB InBev"ga 40 mln funt kompensaciya to'lashga majbur bo'lgan. 

Hozirda Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar savdosi to'liq taqiqlangan – uni faqatgian musulmon bo'lmagan diplomatlar Ar Riyoddagi yagona do'kondan xarid qilishlari mumkin. SHuningdek, mamlakat kelajakda ham alkogol mahsulotlari muomalasini yo'lga qo'yishni rejalashtirmayapti.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика