So’nggi yangiliklar

00:47"Реал" Винисиусни "Эл Классико"даги реакцияси учун жазолайдими?  0 00:13Суд "Барселона"дан Негрейра билан тузилган шартномаларнинг оригинал нусхаларини талаб қилди, аммо улар ҳозирча топилмади  3 23:45Суперлига. "Сурхон" – "Андижон" 4:0  0 23:29Винисиус Алонсонинг "иши"дан сўнг "Реал"ни тарк этмоқчи  7 22:50"Ювентус" янги бош мураббий борасида музокараларни бошлади  3 22:19Февзи Давлетов: "Мағлубиятли сериямиз қачондир тугаши керак эди"  3 21:58Акмал Шораҳмедов: "Бизда ротация қийин бўляпти. "Андижон"да 10-12 нафар кучли футболчи бор"  23 21:39"Реал"дагилар Лунин нега майдондан четлатилганини тушунишмаяпти  4 20:49АПЛда бунақаси сўнгги 10 йилда биринчи марта содир бўлди  6 20:23Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди  89 19:49Инфантино ASEAN Кубогини тақдим этди  1 19:25"Бухоро" "Пахтакор"дан реванш оладими ёхуд "шалпангқулоқ" кимга насиб этади?  18 19:11Россия терма жамоаси футболчисини ўғирлаб кетмоқчи бўлишди  0 18:49Айбек Нурбаев: "Локомотив"ни мағлуб этишга кучимиз етмайди"  1 18:32Мирко Йеличич: "Жайхун"да босим йўқ, улар бемалол футбол ўйнашлари мумкин. Бизда эса вазифа футболчиларга бироз босим бермоқда"  0

JCH-2026 saralashi haqida batafsil. O'zbekiston qachon va qaysi bosqichdan boshlaydi? Yangiliklar

JCH-2026 saralashi haqida batafsil. O'zbekiston qachon va qaysi bosqichdan boshlaydi?

SHu yilning oktyabr oyidan Osiyo qitasida 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bahslari rasman start oladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi esa mundial yo'llanmasi uchun kurashni noyabr oyidan boshlaydi. Quyida Osiyo qitasidagi saralash mexanizmi haqida batafsil malumot beriladi.


Birinchi bosqich. FIFA reytingida Osiyo qitasining 27-46-jamoalari (20ta terma jamoa) o'zaro uy-safar tizimida o'yin o'tkazishadi. 10ta g'olib ikkinchi bosqichga chiqadi.

Birinchi bosqichda ishtirok etadigan jamoalar: Gonkong, Indoneziya, Xitoy Taypei, Maldiv orollari, Yaman, Afg'oniston, Singapur, Myanma, Nepal, Kambodja, Makao, Mo'g'uliston, Butan, Laos, Bruney Darussalam, Bangladesh, Timor Leste, Pokiston, Guam, SHri Lanka.

Sanasi: Birinchi o'yin 12 oktyabr, javob o'yini 17 oktyabr.






Ikkinchi bosqich. Ilk bosqichda g'olib bo'lgan 10ta jamoa va FIFA reytingida Osiyo qitasining 1-25-jamoalari (jami 36ta terma jamoa) 9ta guruhga bo'linadi. Har bir guruhda 4tadan jamoa bo'ladi. Guruhlarda 1 va 2-o'rinni olgan jamoalar keyingi bosqichga hamda Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanma olishadi. O'zbekiston terma jamoasi ushbu bosqichga qura tashlash jarayonida ikkinchi savatchada bo'ladi. Sababi O'zbekiston Osiyoda 10-o'rinda. Agar O'mondan o'tib keta olganimizda birinchi savatchada bo'lardik. Birinchi va ikkinchi bosqichga 27 iyul kuni qura tashlanadi.

Birinchi savatcha: Yaponiya, Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iroq, BAA, O'mon.
Ikkinchi savatcha: O'ZBEKISTON, Xitoy, Iordaniya, Bahrayn, Suriya, Vetnam, Falastin, Qirg'iz Respublikasi, Hindiston.
Uchinchi savtcha: Livan, Tojikiston, Tailand, KXDR, Filippin, Malayziya, Kuvayt, Turkmaniston va birinchi bosqichdan chiqqan bitta jamoa.
To'rtinchi savatcha: Birinchi bosqichdan chiqqan 9ta jamoa.

Sanasi:
1-tur 16 noyabr 2023
2-tur 21 noyabr 2023
3-tur 21 mart 2024
4-tur 26 mart 2024
5-tur 6 iyun 2024
6-tur 11 iyun 2024






Uchinchi bosqich. O'tgan bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 18ta jamoa 3ta guruhga 6tadan bo'linadi. Har bir guruhda 1 va 2-o'rinni olgan jamoalar (6ta terma jamoa) to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Guruhlarda 3 va 4‑o'rin egalari (6ta terma jamoa) keyingi bosqichga yo'l oladi.

Sanasi:
1-tur 5 sentyabr 2024
2-tur 10 sentyabr 2024
3-tur 10 oktyabr 2024
4-tur 15 oktyabr 2024
5-tur 14 noyabr 2024
6-tur 19 noyabr 2024
7-tur 20 mart 2025
8-tur 25 mart 2025
9-tur 5 iyun 2025
10-tur 10 iyun 2025







To'rtinchi bosqich. 6ta terma jamoa ikkita guruhga 3tadan bo'linadi. Har bir guruhda birinchi o'rinni olgan jamoalar (2ta terma jamoa) Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Ikkita guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishadi.

Sanasi:
1-2-3-tur sentyabr-noyabr 2025







Beshinchi bosqich.
Yuqoridagi ikki jamoa o'zaro uy-safar tizimida pley-off uchrashuvida maydonga tushishadi. G'olib qitalararo pley-offga yo'l oladi.

Sanasi
: hozircha nomalum





Oltinchi bosqich. O'tgan bosqichda g'olib bo'lgan jamoa Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniyadan bittadan, SHimliy Amerikadan ikkita jamoa bilan birga ikkita yo'llanma uchun kurashadi.

Sanasi: hozircha nomalum



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика