So’nggi yangiliklar

12:58"Чикаго Файр" Де Брюйне билан музокаралар олиб бормоқда  0 12:35Симеоненинг журналистнинг Баэна ҳақида гапириш илтимоси ҳақида: "Мени аҳмоқ деб ўйлаяпсиз. Жамоангизда ўйнамаётган одам ҳақида гапириш мумкин эмас"  0 12:04Андро Гиоргадзе: "Ҳатто дуранг ҳам биз учун яхши натижа эди, лекин ғалаба қозонишни уддаладик"  0 11:47Асадбек Раҳимжонов: "Гувоҳи бўлдингиз, ҳакамлар йўқ жойдан пенальти белгилашди"  5 11:30Аслиддин Тоштемиров: "Биз осонликча ютқазмаймиз. Ютқазадиган жамоа ҳам эмасмиз"  0 11:03Темурхўжа Абдухолиқов: "Мағлубиятга мен сабабчи бўлдим"  5 10:46Алишер Салимов: "Хоҳ ОКМК бўлсин, хоҳ "Насаф", ғалаба учун майдонга тушамиз"  4 10:31"Фаолиятим бошқача бўлиши мумкин эди". Илёс Зейтуллаев Италия А Сериясида мустаҳкам ўрнашиб қола олмаганининг сабабини айтди  7 10:15Арда Гюлернинг 50-учрашуви «Реал»га «қиммат»га тушди  2 09:40Виктор Гёкерешнинг навбатдаги жамоаси деярли маълум  9 09:06Аббосбек Файзуллаев: «Ҳали имкониятимиз бор»  2 08:35Sofascore. Шукуров энг катта баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  6 08:09Гвардиола «Сити»нинг муваффақиятсизликларига олиб келган хатосини айтди  15 07:38Суперлига. Бугун 3 та баҳс бўлиб ўтади  2 06:20Суперлига. "Насаф" "Хоразм"ни енголмади, "Бунёдкор" эса дарвозабоннинг қўпол хатоси сабабли ютқазди  7

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib qolgan Qirg'iz Respublikasini minimal hisobda engdi Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston bir kishi kam bo'lib qolgan Qirg'iz Respublikasini minimal hisobda engdi

JCH-2026 saralashi doirasidagi O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi 1:0

20.03.2025. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 21:00. 32458 nafar tomoshabin
Hakamlar:
 Yusuke Araki, Jun Mixara, Kota Vatanabe, Ryo Tanimoto (barchasi Yaponiya)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
AVAR: Xiroki Kasaxara (Yaponiya).

Gol: 1:0 – 40, Hojiakbar Alijonov (Abbos Fayzullaev).

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov (19.Zafarmurod Abdirahmatov, 88), 4.Farrux Sayfiev (23.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 57), 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov (11.Ruslanbek Jiyanov, 78), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (6.Akmal Mozgovoy, 88), 14.Eldor Shomurodov (s), 18.Abdulla Abdullaev, 22.Abbosbek Fayzullaev.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 8.Jamshid Iskanderov, 13.G'olib G'aybullaev, 15.Dilshod Komilov, 17.Bobir Abdixoliqov, 20.Hojimat Erkinov, 21.Abdurauf Bo'riev.

Qirg'iz Respublikasi: 1.Erjan Tokotaev, 2.Valeriy Kichin (s), 3.Tamirlan Kozubaev, 4.Said Daciev, 7.Joel Kojo (18.Qayrat Jirgalbek Uulu, 57), 8.Eldiar Zaripbekov (11.Kimi Merk, 90), 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mishchenko, 20.Adilet Kanibekov (6.Kristian Brauzman, 46), 21.Kay Merk (5.Arslan Bekberdinov, 79), 23.Erbol Atabaev (10.Guljigit Aliqulov, 46).
Zaxira: 13.Artyom Pryadkin, 16.Kurmanbek Nurlanbekov, 9.Atai Jumashev, 15.Amantur Shamurzaev, 17.Ulanbek Sulaymanov, 19.Arlen Sharshenbekov, 22.Amir Japarov.

Ogohlantirishlar: Odil Abdurahmonov (10), Abbos Fayzullaev (32), Jaloliddin Masharipov (56), Ruslan Jiyanov (90+2)

Chetlatish: Said Daciev (24)

Gol urilmagan penalti: Eldor Shomurodov (25, darvozabon)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+2. Raqibning to'pni o'yinga kiritishiga xalaqit bergani uchun Jiyanov ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shildi.

88. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

84. Abdullaev raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Tokotaev aytardi. Bugun Qirg'iz Respublikasi darvozaboni ajoyib o'yin namoyish etganini etirof etish joiz.

83. Husanov hozirga qadar to'p uchun kurashda biror raqibini o'tkazib yubormadi.

81. Shomurodovning zarbasiga yana aniqlik etishmadi.

79. Qirg'iz Respublikasi tarkibida o'zgarish ro'y berdi.

78. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Shukurov o'rniga Ruslanbek Jiyanov o'yinga qo'shildi.

32458 nafar tomoshabin "Bunyodkor" stadioniga tashrif buyuribdi.

75. Xavfli vaziyat! Fayzullaev o'ng qanotda ajoyib fint evaziga bir raqibini ortda qoldirib, markaz tomon pas berdi, ammo Tokotaev vaziyatni "o'qidi".

74. Xavfli vaziyat! Fayzullaev chap qnaotdan markaz tomon harakatlanib, aylanma zarba yo'lladi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

70. Shomurodov raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo unga to'p uzatgan Fayzullaev o'yindan tashqari holatda bo'lgani uchun gol inobatga olinmadi.

66. Shomurodov bir raqibidan qochib ketdi va jarima maydoniga pas berdi, biroq yana raqib posboni epchillik bilan to'pni egallab oldi.

64. Xavfli vaziyat! Masharipov tomonidan yo'llangan zarbani Erjan Tokotaev qaytardi.

57. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Sayfiev o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev maydonga tushirildi. Qirg'iz Respublikasida ham bitta o'zgarish amalga oshirildi.

56. Masharipov raqib jarima maydonida simulaciya qilgani uchun ogohlantirildi. U Eronga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

54. Zarba! Hamrobekovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

50. Masharipov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

49. O'zbekiston termasining burchak uzatmasi samarasiz yakunlandi. Uning ustiga Farrux Sayfiev tibbiy yordam oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Qirg'iz Respublikasi tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+7. Zarba! Shomurodovning qarshi hujum natijasida yo'llagan zarbasini Tokotaev qaytardi.

45+5. Xavfli vaziyat! Dastlab Fayzullaev, so'ngra Alijonov o'ta qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi.

45+3. Mehmonlar standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatma esa muvaffaqiyatsiz zarba bilan yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

Gol inobatga olindi! 1:0!

GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Hojiakbar Alijonov hisobni ochdi! VAR ehtimoliy ofsaydni tekshirmoqda.

Eron - BAA uchrashuvi stadion projektorlaridan biri o'chib qolgani uchun to'xtatilgan va qoldirilibdi.

35. Xavfli vaziyat! Shukurov uzatgan to'pga Shomurodov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo yana noaniq.

32. Raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgan Abbos Fayzullaev ogohlantirildi.

25. Shomurodovning penaltidan tepgan to'pini Qirg'iz Respublikasi darvozaboni Erjan Tokotaev qaytardi. Biroq 11 metrli jarima zarbasiga sababchi bo'lgan Said Daciev maydondan chetlatildi.


Hakam qarori o'z kuchida qoldi. Said Datsiev esa maydondan chetlatildi.

24. Penalti! Qirg'iz Respublikasi darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Alijonov raqib jarima maydonida yiqitildi. VAR vaziyatni tekshirmoqda.

22. Shomurodovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. O'zbekiston yana bir jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo hujum muvaffaqiyatsiz tugadi.

19. Xavfli vaziyat! Fayzullaevning uzatgan to'pini Masharipov darvozaga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi, ammo uning zarbasi to'g'ri Tokotaev tomon yo'llandi.

18. Maydon markazida yana mehmonlar fol ishlatishdi.

16. Zarba! Shukurov tomonidan yo'llangan zarbaga raqib himoyachisi "blok" qo'yishga muvaffaq bo'ldi. 

13. Xavfli vaziyat! Fayzullaevga o'ta qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, uning zarbasiga salgina aniqlik etishmadi.

13. O'zbekiston terma jamoasida yana bir standart yuzaga keldi. Masharipovning uzatgan to'p Tokotaevga borib tushdi.

11. Xavfli vaziyat! Masharipovning jarimadan yo'llagan zarbasini Tokotaev qaytardi.

10. Odil Abdurahmonov ogohlantirildi. Hakam qarorini o'zgartirmadi.

8. Raqibdan to'pni olib qo'ygan Fayzullaevga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. VAR ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqmoqda.

7. Alijonovning o'ng qanotdan navbatdagi uzatgan to'pi Tokotaevning qo'llariga borib tushdi.

6. Fayzullaev raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yib, uzatma amalga oshirdi, ammo to'p sherigiga aniq etib bormadi.

5. O'zbekistonnning chap qanotdan boshlagan hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

4. Xavfli vaziyat! Alijonovning o'ng qanotdan uzatgan to'piga jarima maydonida turgan Shomurodov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi.

3. Jarima uzatmasi o'zbekistonlik himoyachilar tomonidan qaytarildi.

2. Maydon markazida mehmonlar o'yinchisiga nisbatan fol ishlatildi. Qirg'izlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

1. O'yin boshlandi. O'zbekiston terma jamoasiga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Madhiyalar yangradi. Jamoalar o'yinga shay holatda.

Bugun O'zbekiston oq, Qirg'iz Respublikasi qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Stadion muxlislar bilan to'ldi. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Ayni damda turnir jadvali quyidagicha ko'rinishga ega:

Assalomu a

Reyting: +21   

Fikrlar

+47   
20 mar 22:40:50
Ima Familiya
Kapadze , qani taktika ? Qani gʻoyalar ? Oʻyin 0 ku
+46   
20 mar 20:31:21
Timur 88
Ташкилотчилик 0 . Киргизларниям роса куттириб зурга киритяпти халиям навбат. Билет 1 миллионга чикиб кетган. Стадионни ташкарисида экран хам урнатишмабди инсофсизлар
+41   
20 mar 21:24:26
Alixon Qodirov
Kapadze termaga mos murabbiy emas 100% javob beraman
+40   
20 mar 20:26:21
Farrux Shodiyev
Biletfurush xaromilar, teshib chiqsin hammenga. Ravshan sanam o'l bitta biletni adolat bilan tarqatishi eplomasen q..bomi vitse prezident bovolib. Hammeni kallalaringa q...gim.
+36   
20 mar 21:43:23
BXZ BXZ
Алижонов барака топ кизил оберди пенальти оберди энди гол хам уриб берди респект класс. Яхшиям Хожакбар бор экан .
+36   
20 mar 21:30:49
Sardorbek..
Biznikilar qachon penalti tepishni o'rganarkina
+32   
20 mar 22:39:34
Umarov
Кападзедан норозилар борми? Кўрайлик қани? Агар ушбу сайт мани блокласа ҳайрон бўлмайман. Катанецни кавлайвериб бопладинглар мана
+31   
20 mar 21:31:08
Raul-Madrid
Bizda penalti tepa oladigan futbolchilar umuman yo'qmi deyman , penalti tepish ustida umuman ishlanmaydiganga o'xshidi
+31   
20 mar 20:43:18
Ózga sayyoralik
Biletlarni deyarli hammasi biletfurushlarni qõlida, narxlari osmon!

Õzbek Õzbekni itarishda N_1.

Musulmonmizmi bizlar? Nahotki? Musulmonlar bir-biriga shunaqa bõlishi kerakmi....??? Pul õlsin-a pul õlsin! Afsus!
+30   
20 mar 22:47:34
Ali Nur
Kapadzeni bekor qibsan termaga trener boʻlib ! Shomani ol oʻyindan , bizga gol kerak, hali toʻplar nisbati qaraladi, qizildan foydalanmisanmi ,
+30   
20 mar 21:48:57
A1981
Сайпи билан Машарип тугапти
+27   
20 mar 23:10:18
Don Karlo
Жуда шубхали ўйин...
Силани билмадиму , лекин манга бу ёқмаябди. Кападзени термани жч обчиқиш учунмас , жч дан об қолиш учун чақиришганга ўхшавоти.
"Хар баҳор шу бўлар такрор..."
+26   
20 mar 23:03:48
ss
Куркок Копадзе бундан тренер чикмеди дух йук кучсиз киргизистонди Яна Бир киши Кам 1:0 бу шармандалик ! Тактика нол боллар нима килишини билмаяпти мандараж .хужумчи туширмесами куркок
+26   
20 mar 22:42:38
Тўлқин Хайит
Агар ўзимизни майдонимизда, минглаб мухлислар қўлловида кимсан битта кам ўйнаётган қирғизларни 1-0 га ютсак яхшиси Озодийга бормай қўяверган мақул. Сиз нима дийсиз билмадим. Шунча ҳужум қилишгани билан одам маза қимаяптида.
+26   
20 mar 22:42:13
Ochilov Farobiddin
Ракиб 10 киши, 8 таси чукур химояда, футболчиларнинг савиясихам пас. Лекин оркада нафиг фойдаси тегмайдиган 3 та марказий химоячи, уртада умрида хужумда уйнолмайдиган, роса секин, Шукуров ва Хамробеков. Гап ёк зур футболчилар. Лекин хужумкор ёки плеймекер эмаску. Куркиб уле.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика