So’nggi yangiliklar

23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  1 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  7 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  49 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3

⚡️ JCH-2022'dagi o'zbekistonliklar, mundial uchun qurilgan Lusayl shahri, konteynerli o'zgacha stadion, Qatarning imkoniyati, taqiqlar va boshqa malumotlar haqida musobaqa tashkiliy qo'mitasida ishlayotgan Alisher Nikimbaev bilan intervyu Yangiliklar

⚡️ JCH-2022'dagi o'zbekistonliklar, mundial uchun qurilgan Lusayl shahri, konteynerli o'zgacha stadion, Qatarning imkoniyati, taqiqlar va boshqa malumotlar haqida musobaqa tashkiliy qo'mitasida ishlayotgan Alisher Nikimbaev bilan intervyu

Qatardagi mundial startiga ham oz qoldi.

JCH-2022 haqida bizni qiziqtirgan ayrim malumotlarni bilish maqsadida musobaqa tashkiliy qo'mitasida faoliyat olib borayotgan Alisher Nikimbaev bilan kichik intervyu o'tkazdik. Tashkiliy bo'lim maydonning sifati, uning atrofiga o'rnatilgan kameralar poziciyalari, futbolchilar mashq qiladigan maydonlar, echinish xonalar tayyorligi, o'rindiqlarni oldindan joylashtiririlganini nazorat qiladi. Qolaversa, o'sha erda ishlayotgan xodimlarga barchasini o'rgatish ham qo'mita vazifasiga kiradi.

- Mundial uchun qurilgan Lusayl shahrining hozirgi holati haqida qisqacha aytib o'tsangiz...

- Qurilish jarayoni 6-7 yil oldin boshlangan va haligacha davom etmoqda. SHahar hali to'laligacha qurib bo'linmagan. Misol uchun, Toshkent shahri to'laligacha qurib bo'lingan, deya olamizmi? Yo'q, qurilishlar etmoqda. SHu kabi Lusaylda ham ishlar davom etmoqda.

*Malumot o'rnida, Lusayldagi “Milliy” stadion 86,250 tomoshabinga mo'ljallangan va unda umumiy mundialdan o'rin olgan 9 ta bahs bo'lib o'tadi: guruh bosqichining 5 uchrashuvi, 1/8 final, 1/4 final hamda yarim finaldan o'rin olgan bittadan o'yin va hal qiluvchi bahs

22 noyabr, Argentina – S.Arabistoni

24 noyabr, Braziliya – Serbiya

26 noyabr, Argentina – Meksika

28 noyabr, Portugaliya – Urugvay

30 noyabr, S.Arabistoni – Meksika

2 dekabr, Kamerun – Braziliya

6 dekabr, “H” guruhi g'olibi – “G" guruhidagi 2-jamoa (1/8 final)

9 dekabr, 1/4 final

13 dekabr, yarim final

18 dekabr, final

- Stadionlarda sovutish tizimi borligini eshitgandim, yana qo'shimcha nimalar bilan jihozlangan?

- Sovutish tizimi JCHni qabul qiladigan 8 stadiondan 7 tasida bor. Faqatgina “974” o'yingohida yo'q. Yana qo'shimchalardan ko'p narsalar bor, ammo hozir hammasini aytish biroz qiyinroq. Zamonaviy stadionlar katta ekranlar qo'yilgan. Masalan, Lusayldagi stadionda 4 ta emas, 6 ta tablo bor. Hattoki, 2 ta tablo shunday qo'yilganki, ular faqat yuqori tribunalarda o'tirgan muxlislarga ko'rinadi. CHunki, ular joylashgan erdan boshqa tablolar yaxshi ko'rinmaydi. SHuning uchun ular uchun alohida 2 tablo qilingan.

SHuningdek, “974” stadioni boshqa o'yingohlardan ajralib turadigan bo'ladi. Unda kondicioner yo'q bo'lsa ham, konteynerlardan qurilgan o'yingoh hisoblanadi. Bu zamonaviy, ammo vaqtinchalik stadion. Balki, kelasi Osiyo Kubogidan keyin konteynerlarni qayta yig'ib, boshqa mamlakatlarga jo'natishlari mumkin. Stadion shunday qurilgan, uncha kuchli bo'lmagan fundament qilingan. Maksimum 3-4 yilga mo'ljallangan o'yingoh hisoblanadi.

*Malumot o'rnida, “974” stadioni Dohadagi Ras Abu Abud tumanida joylashgan. Uning qurilishi 2018 yil boshlangan va 2021 yil noyabrida yakunlangan. Stadion sig'imi 40.000 tomoshabinga mo'ljallangan. Qurilish jarayonida 974 ta konteyner ishlatilgan, shuningdek, Qatar davlatining xalqaro telefon kodi 974 hisoblanadi. Mazkur o'yingohda JCH-2022'dan o'rin olgan 7 ta uchrashuv bo'lib o'tadi: 6 ta guruh bosqichi va bitta 1/8 final uchrashuvi:

22 noyabr, Polsha – Meksika

24 noyabr, Portugaliya – Gana

26 noyabr, Franciya – Daniya

28 noyabr, Braziliya – SHveycariya

30 noyabr, Polsha – Argentina

2 dekabr, Serbiya – SHveycariya

5 dekabr, “G” guruhi g'olibi – “H” guruhidagi 2-jamoa (1/8 final)

- Musobaqa ochilish marosimida shou-biznes vakillaridan kimlar qatnashishi kutilmoqda?

- Ochilish marosimida shou-biznes vakillaridan kimlar qatnashishi hozircha elon qilinmagan. Boisi, bu doimo oxirgi daqiqalargacha sir bo'lib qoladi.

*Malumot o'rnida, Qatardagi mundialning rasmiy saundtreki amerikalik qo'shiqchilar Trinidad Kardona, Davido hamda qatarlik Aisha triosi tomonidan kuylangan. Trek nomi “ Hayya Hayya” (birgaliklar yaxshiroq) deya nomlangan.

 

- Siz kabi Qatardagi JCH'da faoliyat olib boradigan boshqa o'zbekistonliklar ham bormi?

- Musobaqa tashkiliy qo'mitasida O'zbekistondan 4 nafar odam ishlamoqda: o'zim, Aleksandr Davidenko, Aziza Tatlimuratova hamda Ravshan Nikimbaev. Ammo Qatarda o'zbekistonliklar juda ko'p, ular ham boshqa yo'nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Tashkiliy qo'mitaning o'zida esa hozircha faqat 4 nafar o'zbekistonlik ishlamoqda. JCH-2022'ga O'zbekistondan yana 2 nafar xodim keladi. Bulardan, Farhod Abdullaev hakamlar bilan shug'ullanadi, Avaz Berdiqulov esa “Janub” stadionida “Match Director” bo'lib ishlaydi. Ular hali Qatarga kelgani yo'q, bilishimcha, Farhod 8 noyabrda, Avazbek esa 10 noyabrda bu erga etib keladi. Demak, mundial startiga 10-12 kun qolganiga kelishadi va o'sha kundan ishga kirishishadi.

Bundan tashqari, aniq bilishimcha, O'zbekistondan bir nafar volontyor ham bor. Balkim, bundan ko'proqdir. CHunki, volontyorlar soni 20 mingni tashkil qiladi. Hozir ulardan aniq bilganim Jamshid Nosirovdir. U bugungi kunda “Surxon”da faoliyat olib boradi. U ham volontyor sifatida Qatarga keladi.

- Musobaqa reglamentida futbolchilar va muxlislarga qandaydir taqiq qo'yilganmi? Ko'p manbalar har xil yozmoqda. Misol uchun, Qatarda alkogol ichimliklar, distkotekalar va kechki sayrlarga taqiqlar, yuqori ovozli musiqalarni eshitmaslik, mamlakat fuqarolarini ularning roziligisiz rasmga olmaslik kabi xabarlar chiqqandi...

- Musobaqa reglamentida futbolchilar va muxlislarga qandaydir taqiq qo'yilmagan. Ammo alkogol mahsulotlarini o'zi bilan olib kelish mumkin emas, lekin mamlakatning o'zida sotuvda bo'ladi. Hozir ham bu yo'lga qo'yilgan, kimga kerak bo'lsa topa oladi. Kafe va restoranlarning hammasida emas, ammo bazilarida bor va alohida ikki turdagi do'kon ochilgan. Ammo u erga kirish uchun qatarliklarga emas, faqat chet el fuqarolariga ruxsat berilgan. Alohida ruxsatnoma olgan bo'lishi kerak. Diskotekalar oldindan bor, mundial vaqtida ham ular bo'ladi. Kechki sayrlarga qandaydir taqiqlar qo'yilmagan, buni eshitganim ham yo'q. Yuqori ovozli musiqalarni tinglamaslik kerakligi haqidagi qonun ham yo'q. Roziliksiz rasmga olish esa bor. CHunki, bu butun dunyoda bo'lsa kerak, odamning shaxsiy huquqlari himoya qilinishi uchun. Taqiqlar haqidagi malumotlarning ko'p qismi noto'g'ri, ammo bazilari bo'lishi mumkin, ammo biroz boshqacharoq holatda.

*Malumot o'rnida, joriy yil oktyabr boshida Qatardagi mundialni ko'rish uchun mamlakatga keladigan muxlislarga bazi taqiqlar joriy qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo keyinchalik musobaqa tashkilotchilari buni inkor etishgan va yaqin orada batafsil yo'riqnoma elon qilinishi haqida bayonot bergandi.


- O'zingiz JCH-2022'da qaysi terma jamoaga muxlislik qilasiz? Musobaqa kashfiyoti qaysi futbolchi bo'ladi deb hisoblaysiz? Qatar TJdan sensaciya kutyabsizmi, guruhdan chiqa olarmikin?

- Muxlislikka vaqt bo'lmaydi, chunki, har kuni kamida 2 ta o'yinda bo'lishimga to'g'ri keladi. Har kuni 4 ta uchrashuv o'tkaziladigan bo'lsa, ularning 2 tasida bo'lishim kerak bo'ladi. Guruh bosqichidan keyin biroz vaqt bo'lishi mumkindir. Aslida o'zi Angliya TJ muxlisiman, ammo nima bo'lishini ko'ramiz.

Musobaqa kashfiyoti kim bo'lishi, yaxshi savol... Menimcha, Braziliya yoki Argentinadagi yosh futbolchilardan yangi yulduzlar chiqishi mumkin.

Sensaciya kutyapmiz-ku, ammo Qatarga qiyin bo'ladi. CHunki, guruh ham oson emas: Senegal, Ekvador va Niderlandiya bilan. Xohlaymiz, albatta, Qatar terma jamoasiga muxlislik qilamiz, ammo guruhdan chiqishi qiyinroq bo'ladi.

*Malumot o'rnida, Qatar TJ bungacha mundiallarda qatnashmagan. Jamoa musobaqadagi rasmiy o'yinini 20 noyabr kuni kuni Ekvadorga qarshi o'tkazadi. Keyin esa 25 noyabrda Senegal va 29 noyabrda Niderlandiyaga qarshi bahslar kutmoqda.

Salom, Qatar! Mundialning birinchi ishtirokchisi bilan tanishuv 

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика