So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

JCH-2022. Yaponiya Ispaniyani mag'lub etib, guruh g'olibi sifatida pley-offga yo'l oldi Yangiliklar

JCH-2022. Yaponiya Ispaniyani mag'lub etib, guruh g'olibi sifatida pley-offga yo'l oldi

Jahon chempionati "E" guruhi uchunchi tur o'yinlari yakunlandi.

Yaponiya – Ispaniya 2:1

Gol: 0:1 – 11 Morata, 1:1 – 48 Doan, 2:1 – 54 Tanaka.

Yaponiya – Gonda, Yosida, Taniguti, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 46), Morita, Tanaka (Endo, 87), Kamada (Tomiyasu, 69), Kubo (Doan, 46), Ito, Maeda (Asano, 62).

Ispaniya – Unai Simon, Aspilikueta (Karvaxal, 46), Rodri, Pau Torres, Balde (Alba, 68), Buskets, Pedri, Gavi (Fati, 68), Olmo, Morata (Asensio, 57), Uilyams (Ferran Torres, 57).

Ogohlantirishlar: Itakura (39), Taniguti (44), Yosida (45).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! Yaponiya guruh peshqadami sifatida pley-offga yo'l oldi!

90+5. Ispaniya mag'lubiyatga rozidek o'yin namoyish etmoqda go'yo. Ularning hujumlari mazmunli emas.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. Yaponiyalik futbolchi qarshi hujumda Rodridan o'tib ketganida, Simon bilan yolg'iz qolardi.

82. Ispanlarning burchak zarbasi osiyolik futbolchilar tomonidan qaytarildi.

80. Ispanlar qamal qilmoqda, ammo ichkariga kirishda muammolar yuzaga kelmoqda.

74. Ispaniyaliklarning zarbalari darvozagacha etib bormayapti.

Kosta-Rika Germaniyaga gol urdi. Ayni damda Yaponiya 1, Kosta-Rika 2-o'rinda bormoqda.

70. Asano jamoasining uchinchi golini kiritishiga bir bahya qoldi.

68. Ispaniyada yana ikki o'zgarish amalga oshirildi.

63. Yaponiya xavfli qarshi hujum tashkillashtirdi, ammo yakun ijobiy bo'lmadi.

57. Ispaniya hujumida o'zgarishlar yuz berdi.

51. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Yaponiya hisobda oldinga chiqib oldi, biroq hakam hozircha golni hisobga olmadi. Keyin esa hakam VARga murojaat qilib, golni inobatga oldi.


47. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Doan hisobni tenglashtirdi! Pressing natijasida to'pni egallab olgan yaponlarning tezkor hujumi natijasida ispanlar jazolandi.


Suratlar uchun ularga rahmat

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Sariq kartochka olish nabati Yosidaga keldi.

44. Gavini yiqitgani uchun Taniguti ham ogohlantirildi.

43. Ispanlar raqibning markazini yorib o'tishga intilmoqda.

39. Itakura Pedriga nisbatan qo'pol o'ynagani sababli ogohlantirildi.

36. Kamada zarba yo'lladi, to'p Torresga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

34. Simon sal qolsa yaponlarga tayyor gol sovg'a qilardi.

32. Yana ispanlar sardori jabrdiyda bo'ldi.

28. Busketsga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

24. Morataning pasidan so'ng Olmo qulay zarba bera olmadi, ustiga-ustak o'yindan tashqari holat qayd etildi.

23. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida yana Morata zarba yo'lladi, bu safar Gonda o'z o'rnida.

To'pni egallab turish bo'yicha ko'rsatkich: 85-15

20. Gavi qanotda hujum chog'ida qoida buzdi.

Bu paketlarga o'yindan so'ng nimalar solinishini bilsangiz kerak.

15. Ispanlar to'p nazoratini o'z qo'liga oldi. Hozircha ular oldinga borishga shoshilmayapti.

11. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Morata o'ng qanotdan Aspilikuetaning uzatmasidan so'ng bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi!


Jilmayamiz)

9. Ispanlarning burchak zarbasidan so'ng Morata bosh bilan zarba yo'lladi, Gonda to'pni egallab oldi.

8. ZARBA! Ispan himoyachilarining qo'pol xatosidan so'ng to'pni egallab olgan yaponlarning hujumi aniq nihoyasiga etmay qoldi.

6. Uilyams o'ng qanotdan ichkariga pas berdi, yaponlar Olmoga to'p etib borishiga yo'l qo'ymadi, qaytgan to'pga esa Buskets noaniq zarba berdi.

5. Kubo qanotdan katta tezlikda oldinga bordi va jarima maydoniga to'pni uzatdi, ammo ispan himoyachilari to'pni bir amallab bartaraf etishdi.

1. Uchrashuvni ispanlar boshlab berdi.

Bugun Yaponiya ko'k-oq, Ispaniya esa qizil rangli libosda harakat qiladi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Uchrashuv 00.00 da boshlanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика