So’nggi yangiliklar

10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  2 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  0 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  7 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  2 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  8 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  18 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  1

JCH-2022. Xorvatiya - Belgiya uchrashuvi prevyusi Yangiliklar

JCH-2022. Xorvatiya - Belgiya uchrashuvi prevyusi

Bugun JCH-2022 "F" guruhidan pley-offga yo'l oladigan va uyga ketadigan termalar nomi aniq bo'ladi.

Jadvaldagi holat

Xorvatiya pley-offga chiqishga juda yaxshi imkoniyatga ega: hattoki mag'lub bo'lgan taqdirda ham Zlatko Dalich shogirdlari 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritishlari mumkin bo'lgan variant mavjud. Belgiyaga qarshi bahsdagi g'alaba yoki durang xorvatlarga keyingi bosqichni kafolatlaydi.

Belgiyani amalda faqatgina g'alaba qanoatlantiradi — musobaqani tark etishi aniq bo'lib ulgurgan Kanadadan Marokashni yirik hisobda taslim etib, "iblislarga" durang bilan ham keyingi bosqichga chiqish uchun sharoit qilib berishini kutish mushkul.


Xorvatiya


1. Xorvatiya tarkibi – chinakam monolit. Rotaciyani kutmang!

Xorvatiya OAV va Zlatko Dalichning matubot-anjumanidagi gaplariga ishonsak, Belgiyaga qarshi to'liq asosiy tarkib o'ynaydi. Maydon markazida Marcelo Brozovich – Luka Modrich – Mateo Kovachich uchligi asosiy bosimni o'z elkasiga oladi. Hujumda kichik jarohat orttirib olgan Nikola Vlashichning o'rniga Marko Livaya harakat qiladi. Buning oqibatida Andrey Kramarich markaziy forvard nuqtasidan qanotga suriladi.

Xorvatiya qisqa zaxira o'rindig'i, katta yuklamalar bilan o'ynashga o'rganib bo'lgan. To'rt yil avval final yo'lida jamoa 3 marta ekstra-taymlar o'tkazgan, bu qo'shimcha 90 daqiqa degani. Qatarda ham jamoa funkcional jihatdan munosib ko'rinmoqda, ikkinchi turda xorvatlar Kanadani "jilovlay" olishdi, ularni 2-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol ham cho'chitmadi.

SHunday bo'lsada, Zlatko Dalich o'yin qanday borishidan qatiy nazar zaxira o'rindig'idagilarga ko'proq etibor berishi zarur. Himoya etakchisi Deyan Lovren va yarim himoya etakchisi Luka Modrichning kartochkasi bor, 1/8 finalda ular bo'lmay qolsa, og'ir bo'ladi.


2. Andrey Kramarich — jamoasi hujumida eng yaxshisi

Germaniyaning "Xoffenxaym" klubi hujumchisi Andrey Kramarich Xorvatiyaning jahon chempionatlarida dubl qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi — 2014 yil Kamerun bilan bahsda Mario Manjukich shunday natijaga erishgan. Kanadaga qarshi uchrashuvda Kramarichni 72-daqiqada alishtirishmaganda, 31 yoshli hujumchi xet-trikni rasmiylashtirishi ham mumkin edi.

Ikki bahsda Kramarich darvoza tomon besh bor zarba yo'llagan (jamoada eng yaxshisi), uning zarbalari xG ko'rsatgichi esa 1,05. Kramarich chindan ajoyib formada va yana bir bor asosiy tarkibda tushib, jamoaga yordam berishga tayyor bo'lishi aniq. Ustiga-ustak Belgiyaga qarshi bo'lganidek muhim bellashuvda.


3. Yoshko Gvardiol maydondagi etakchilardan biri va top-klublar etiborini o'ziga qaratgan

20 yoshli himoyachi uchun Belgiya bilan o'yin ehtimoliy ish beruvchilarga o'z salohiyatini yana bir bor ko'rsatish imkoniyati bo'lishi mumkin. Matbuotdagi xabarlarga qaraganda, Gvardiolning "Leypcig" bilan kelishuvida tovon puli mavjud va o'sha band kelayotgan yozda kuchga kiradi. Gvardiol qator top jamoalar etiborini tortgan. Ular qatorida "CHelsi" va "Barselona" kabi klublar ham bor.

Gvardiolning bu JCHdagi o'yinlaridan nima uchun kuchli klublar bu yosh yigitga etibor qaratganini tushinib olish mumkin: u Marokashga qarshi bahsda Xakim Zieshni xavfsizlantirishni uddaladi, to'pni olib qo'yish, to'p bilan muomalada bo'lish hamda uzatmalar soni bo'yicha termaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Misol uchun, agar maydonga tushsa, Romelu Lukakuni (u top formada bo'lmasa ham) zararsizlantira olish, Gvardiol uchun jiddiy qadam bo'ladi.


Belgiya

1. Belgiya dastlabki ikki turda bittagina gol urgan

Kanadaga qarshi o'yinda ham, Marokash bilan bahsda ham Belgiya o'ziga o'xshamadi va hujumda ayniqsa samaradorlik etishmadi. "Qizil iblislar" hujumi avvaliga Kanadaning faol pressingiga, keyin — Marokash ijrosidagi — yanada samarali variantiga duch kelishdi va kanadaliklar qator vaziyatlarda o'z imkoniyatlaridan foydalana olmagan bo'lishsa, marokashliklar bunday xatoga yo'l qo'yishmadi.

Xorvatiya termasi ham belgiyaliklarning "oltin avlodi" yuqori darajada o'tkazishi mumkin bo'lgan oxirgi katta musobaqasidagi hujumini to'xtata olish imkoniyatiga ega. Xorvatlarga qarshi uchrashuvda Belgiyaning hujumlarni tashkillashtirishdagi kamchiliklari ko'zga yanada yaqqolroq tashlanib qolishi mumkin. Zlatko Dalich jamoasi umuman olganda ko'p gol o'tkazib yubormaydi: oxirgi 10 uchrashuvning faqat 1 tasida Modrich va jamoadoshlari 1 tadan ko'p gol o'tkazib yuborgan, o'sha 10 o'yinning 4 tasida esa umuman gol o'tkazmagan.


2. Xorvatiyaga qarshi o'yinda Lukaku maydonga tushishi mumkin — bu etarmikin?

Termaning tibbiy guruhi va fitnes-murabbiylar Romelu Lukaku imkon qadar tezroq optimal holatga qaytishi uchun qo'lidan kelganini qilyapti, lekin Lukaku o'sha zo'r formasiga kirguniga qadar — kech bo'lmasmikin? Guruhning birinchi bahsini Romelu o'tkazib yubordi, ikkinchisida — 81-daqiqada maydonga tushdi. Uning yo'qligi shundoq ham "ketmoni uchmayotgan" Belgiya hujumi yanada oqsashiga sabab bo'lyapti. O'yindan oldingi matbuot-anjumanida belgiyaliklar ustozi Lukakuning asosiy tarkibda tushish-tushmasligi borasidagi savolga aniq javob bera olmasligini aytgan.

Belgiyaning yana bir jiddiy muammosi Eden Azar bu mavsum bor yo'g'i bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan: "Real"da qachonlardir top darajada harakat qilgan futbolchi deyarli maydonga tushmayapti. SHu sababli Azar termada ham avvalgi darajasini ko'rsata olmayapti.

Bu faqatgina ikkita misol — Belgiya termasi tarkibida hozir top holatda bo'lgan futbolchining o'zi yo'qdek. Kevin de Bryoyne ham intervyusida jamoasini "juda qari" deb atadi — aslida chempionatning o'rtacha yoshi eng katta tarkib belgiyaliklarda emas, biroq "iblislar"ning jismoniy holatidagi pasayishni hech kim inkor etolmaydi.


Tarkiblar va taktika 


Hujumkor 4-3-3 — Zlatko Dalich Xorvatiyasi uchun odatiy taktik sxema. Jamoa tarkibida jarohatlar bilan jiddiy muammo yo'q, lekin yoshi katta futbolchilar tiklanishi uchun vaqt talab qilinishini unutmaslik zarur. Bularning barchasiga qaramay, 37 yoshdagi Modrichni yana asosiy tarkibda ko'ramiz.

Belgiya Romelu Lukaku asosiy tarkibda tushishi va yaxshi o'ynay oladigan holatda bo'lishidan umidvor — biroq u faqatgina zaxiradan maydonga tusha olsa kerak. Amadu Onana uchrashuvni diskvalifikaciya sababli o'tkazib yuboradi. 3-4-3 — Belgiya termasi uchun bugungi bahsga taktik sxema.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика