JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistonidagi o'yinlarga muxlislar kiritiladimi?
04 iyu 2021 17:22
Yangiliklar
JCH-2022 saralashi. Saudiya Arabistonidagi o'yinlarga muxlislar kiritiladimi?
Kecha O'zbekiston terma jamoasi o'rin olgan guruhda markazlashgan saralash bahslari boshlandi.
O'zbekiston terma jamoasi 7 iyun kuni Singapur, 11 iyun kuni Yaman va 15 may kuni Saudiya Arabistoni bilan o'ynaydi. Ushbu o'yinlarni tomosha qilish uchun stadionga muxlislar kirishi mumkin. Faqat muxlislar soni stadion sig'imining 40 foizidan oshmasligi kerak. Bundan tashqari stadionga kirmoqchi bo'lgan muxlislar Saudiya Arabistoni tan olgan vakcina "AstraZeneca"ni qabul qilgan bo'lishi kerak.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Ar Riyod shahriga 20ga yaqin o'zbekistonlik muxlislar uchib borishadi.
Fikrlar