So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  34 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  47 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

JCH-2022 saralash. Falastin Saudiya Arabistonini o'zida qabul qiladi Yangiliklar

JCH-2022 saralash. Falastin Saudiya Arabistonini o'zida qabul qiladi

15 oktyabr kuni JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan Falastin - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Nihoyat uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng Falastin Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinni qaerda o'tkazishi malum bo'ldi. Falastin futbol associaciyasi prezidenti Jibril Rajub jurnalistlarga bergan intervyusida terma jamoa navbatdagi uy uchrashuvini ham o'zida o'tkazishini aytib o'tdi. Malum bo'lishicha, Jibril Rajub FIFA vakillari bilan aloqaga chiqib terma jamoa nima bo'lgan taqdirda ham o'zida o'ynashini aytgan. 

SHunday qilib Falastin - Saudiya Arabistoni 15 oktyabr kuni Al Ram shahridagi biz o'ynagan stadionda bo'lib o'tadigan bo'ldi. 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida ham Falastin bilan Saudiya Arabistoni bitta guruhda joy olgan bo'lib, o'shanda o'yinlar betaraf mamlakatda o'tkazilgandi. Endi bo'lsa sekin-asta vaziyat o'zgaryapti. 

Faqat muammo shundaki, Saudiya Arabistoniga Falastinga qanday etib boradi? Bu mamlakatga borish uchun eng qulay yo'l Isroil chegarasini kechib o'tishga to'g'ri keladi, lekin hozirda Saudiya Arabistoni va Isroil o'rtasidagi aloqalar yaxshi emas. SHu bois arablar Iordaniya orqali borishni lozim topishdi. 

Falastin terma jamoasi 4 oktyabrdan Belgiyada mashg'ulotlarni boshladi. Terma jamoa bu erda 10 oktyabrga qadar bo'ladi. SHundan so'ng uyiga qaytib Saudiya Arabistoni bilan kechadigan o'yinga hozirlik ko'radi. Har ikki jamoa bungacha besh bor rasmiy uchrashuvlarda to'qnash kelgan bo'lib, ikki bor durang qayd etilgan va uch marta Saudiya Arabistoni g'alaba qozongan.

Yaxshi bilasiz, ushbu jamoalar joy olgan guruhda o'ynayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanni qabul qilsa, 15 oktyabrda Singapur mehmoni bo'ladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика