So’nggi yangiliklar

10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  0 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  0 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  5 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  3 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  3 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  9 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   15 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  2 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  20 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  5 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  3

JCH-2018. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi Yangiliklar

JCH-2018. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmadi

JCH-2018 doirasidagi "H" guruhi 2-turidan o'rin olgan Yaponiya - Senegal uchrashuvi yakunlandi.

          YANGILASH 

MATNLI TRANSLYACIYA


Japan

Takashi Inui - 34', Keisuke Honda - 78'

World Cup Grp. H . 2-tur

24/06/2018, 20:00

2
:
2
Tugadi

Senegal

Sadio Mane - 11', Moussa Wague - 71'

Stadion: Ekaterinburg Arena, 32572 tomoshabin

Bosh hakam: Gianluca Rocchi

45'
90'
34'  Takashi Inui
34'  Yuto Nagatomo
68'  Takashi Inui
72'  Shinji Kagawa (Keisuke Honda)
75'  Genki Haraguchi (Shinji Okazaki)
78'  Keisuke Honda
78'  Takashi Inui
87'  Takashi Inui (Takashi Usami)
90'  Makoto Hasebe
11'  Sadio Mane
59'  M'Baye Niang
65'  Alfred N'Diaye (Cheikhou Kouyate)
71'  Moussa Wague
71'  M'Baye Niang
81'  Badou Ndiaye (Cheikh N'Doye)
86'  M'Baye Niang (Mame Biram Diouf)
90'  Youssouf Sabaly
90'  Cheikh N'Doye

- Kunning ikkinchi uchrashuvi "H" guruhida 2-turga start beradigan o'yin Yaponiya - Senegal. Mazkur bellashuvdan matnli onlayn translyaciya taqdim etamiz.

- O'yin soat 20:00da boshlanadi.

Yaponiya terma jamoasi muxlislari uchrashuvdan oldin

Senegal terma jamoasi muxlislari o'yindan avval

"Ekaterinburg Arena" uchrashuvga shay

19:05. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari elon qilindi

- O'YIN BOSHLANDI!

3. Senegal o'yinni juda tezkor va xavfli hujum bilan boshladi. Ammo ularning tashkil etgan hujumlari besamar ketdi.

5. Senegal ustunlikni to'liq o'z qo'liga olgan holda hujumga o'tmoqda. Yaponiya esa o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirish bilan band.

7. Senegal ancha agressiv va faol. Yaponiya esa bugungi bahsda ikkinchi raqam bilan o'ynashni maqul ko'rmoqda.

10. Yaponiya ham hujumga o'tdi. Lekin Senegal himoyasi ularning ushbu xavfini ortiqcha qiyinchiliksiz bartaraf etdi. 

11. O'yin tezligi, tempi biroz yuqori.

11. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! SADIO MANE! Senegalning navbatdagi hujumi nihoyat golga aylandi. Sabalining zarbasidan so'ng Kavashima to'pni ushlashda xatoga yo'l qo'ydi va qaytgan to'p Manening oyog'iga tegib darvoza to'ridan joy oldi - 0:1.

Senegalning golidan keyin Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi - Akira Nishino

15. Goldan keyin Yaponiya tezlikda hujumga o'tdi. Senegal darvozasi oldida xavfli vaziyat sodir etildi. Ammo darvoza tomon yo'llangan zarbasi yo'liga himoyachilar tug'anoq bo'lishdi.

20. Yaponiya o'yin tizginini o'z qo'liga olishga erishdi. Hujumlar tashkil etilmoqda. Samuraylar asosan qanotlar orqali Senegal himoyasini yorib o'tishga urinishmoqda. Lekin hozircha hujumlarga yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmayapti.

22. Goldan so'ng Senagal biroz tin oldi. Yaponiya esa uyg'ondi. Biroq uyushtirilayotgan hujumlarda keskinlik etishmayapti.

25. Mazkur o'yinda ham hakamlar penalti belgilashadimi?

27. "H" guruhi peshqadamlari o'rtasidagi bahsda Senegal ancha dadil va ishonchliroq ko'rinmoqda. Yaponiya esa o'tgan turda ularga raqibga ko'rsatilgan qizil kartochka ancha yordam berganini isbotlashmoqda.

Mana o'sha gol bo'lgan vaziyat...

34. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! INUI! Yaponiyadan ajoyib hujum! Jarima maydonchasi ichida Nagotomo to'pni ajoyib tarzda o'ziga qabul qildi va bir raqibni aldab o'tib, to'pni Inuiga qoldirdi. Inui esa jarima maydonchasi ichidan to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi - 1:1.


35. Senegal o'yinni biroz tashlab qo'yganini Yaponiya qattiq jazoladi. Goldan so'ng ruhiy ustunlik Yaponiya tarafiga o'tdi. Senagal vakillari esa asabiylashishmoqda.

Biroz avval maydonda raqiblari qurshovida qolib emaklab yurgan Inui sal o'tib raqiblariga munosib javob qaytara oldi

41. O'yin tempi biroz pasaydi.

45. Birinchi bo'lim tugadi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

49. Yaponiyaning hujumini Osako boshi bilan yo'llagan zarbasi orqali muvaffaqiyatli yakunlashi mumkin edi. Ammo Senegal darvozaboni Xadim Ndiaye o'z o'rnida ishonchli o'ynadi.

51. Senegalning hujumi noaniq zarba bilan yakunlandi.

54. Senegalning uzoq davom etgan hujumi xavfli tus olayotganda yaponiyalik himoyachilar yaxshi harakat qilishdi va Senegalga darvoza tomon zarba berish imkoniyatiga berishmadi.

55. Niangning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Kavashima ushlab oldi.

59. Maydonda yakka-kurashlar ko'paymoqda, keskinlashmoqda.

60. Yaponiyadan xavfli hujum! Qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga zarba berishga Osako ulgurmadi. Aks holda tablodagi hisob Yaponiya foydasiga o'zgarishi mumkin edi...

63. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda! 

65. Yaponiyadan super hujum! Inuidan yana bir bor ajoyib zarba! Darvoza to'sini hozir Senegalni goldan qutqarib qolmoqda...

68. Senegal xavfli nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi. Ammo ular bundan unumli foydalana olishmadi.

71. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! MUSA VAGE! Senegalning chap qanotdan tashkil etgan hujumini o'ng qanotdan hujumga qo'shilgan Vage o'zining kuchli va aniq zarbasi orqali hisobni jamoasi foydasiga o'zgartirdi - 1:2!

73. Yaponiya tarkibida ketma-ket o'zgarishlar. Maydonga Xonda va Okazaki tushirildi.

74. Yaponiya tezda javob golini urish ishtiyoqida oldinga o'tmoqda. Burchak zarbasidan so'ng ularda imkoniyat vujudga keldi. Ammo bundan naq chiqmadi.

Uchrashuvni 32572 tomoshabin stadiondan kuzatmoqda

78. GOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! KEYSUKE XONDA! Yaponiyaning hujumi vaqtida Senegal darvozaboni va himoyachi o'zaro tushunmovchiligi natijasida xato yuzaga keldi. Inui esa to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi. Zaxiradan maydonga tushgan Okazaki darvozabonni chalg'itayotgan paytda, yana bir zaxiradan o'yinga qo'shilgan Xonda to'pni bo'sh darvozaga aniq yo'lladi - 2:2!

Zaxiradan kimni tushurishni bilgan va topqirlik qilgan Yaponiya bosh murabbiyi - Akina Nishino

Yaponiya malikasi - Takamado uchrashuvni bevosita stadionda turib tomosha qilmoqda

85. Gollarga boy o'tayotgan bahsda g'olib nomi aniqlanadimi yoki jangovor durang ko'ramizmi? O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qoldi. Buyog'iga birgina xato qimmatga tushishi mumkin. CHunki xato qilgan jamoaga vaziyatni o'nglash uchun vaqt etmay qoladi.

90. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar o'tib bormoqda. Har ikkala jamoa esa g'alaba uchun kurashmoqda.

- O'YIN JANGOVOR DURANG BILAN TUGADI!


JCH-2018
"H" guruhi, 2-tur.

Yaponiya - Senegal 2:2
"Ekaterinburg" stadioni.
Bosh hakam
: Janluka Rokki (Italiya)

Gollar: Sadio Mane (11), Inui (34), Vage (71), Xonda (78)

Yaponiya – Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Sibasaki, Xasebe, Kagava (Xonda, 72), Xaraguti (Okadzaki, 75), Inui (Usami, 87), Osako.

Senegal – Ndiay, Sane, Vage, Sabali, Kulibali, Ndiaye (Ndoye, 81), Guye, Sarr, Ndiaye (Kuyate, 65), Mane, Nyang (Diuf, 86).

Ogohlantirishlar: Nyang (59), Inui (68), Sabali (90), Ndoye (90).


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика