So’nggi yangiliklar

20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1

JCH-2018. Xorvatiya penaltilar seriyasida Daniyani mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi Yangiliklar

JCH-2018. Xorvatiya penaltilar seriyasida Daniyani mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi

Xorvatiya hamda Daniya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 1/8 final uchrashuvi yakunlandi.

Xorvatiya - Daniya 1:1 (3:2 pen. seriyasi)

Gollar: Manjukich 4 - Yorgensen 1.

Xorvatiya: 23.Daniel Subashich, 2.Sime Vrsalko, 3.Ivan Strinich (Pivarich 81), 6.Deyan Lovren, 21.Domagoy Vida, 7.Ivan Rakitich, 10.Luka Modrich, 11.Marselo Brozovich (Kovachich 71), 4.Ivan Perishich (Kramarich 97), 17.Mario Manjukich, 18.Ante Rebich.

Daniya: 1.Kasper SHmeyxel, 4.Simon Kyaer, 5.Yonas Knudsen, 6.Andreas Kristensen (SHone 46), 13.Mattias Yorgensen, 14.Xenrik Dalsgaard, 8.Tomas Deleyni (Krondeli 98), 10.Kristian Eriksen, 11.Martin Breytveyt, 20.Yusuf Yurari Poulsen, 21.Andreas Kornelius (Yorgensen 66).

Gollarni bu erdan ko'chirib olasiz: TELEGRAM


Croatia

Mario Mandzukic - 4', Andrej Kramaric - 121', Luka Modric - 121', Ivan Rakitic - 121'

World Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

01/07/2018, 23:00

3
:
4
Tugadi

Denmark

Mathias Joergensen - 1', Simon Kjaer - 121', Michael Krohn-Dehli - 121'

Stadion: Nizhny Novgorod Stadium, 40851 tomoshabin

Bosh hakam: Nestor Pitana

45'
90'
120'
4'  Mario Mandzukic
71'  Marcelo Brozovic (Mateo Kovacic)
81'  Ivan Strinic (Josip Pivaric)
97'  Ivan Perisic (Andrej Kramaric)
108'  Mario Mandzukic (Milan Badelj)
116'  Luka Modric
1'  Mathias Joergensen
1'  Thomas Delaney
46'  Andreas Christensen (Lasse Schoene)
66'  Andreas Cornelius (Nicolai Joergensen)
98'  Thomas Delaney (Michael Krohn-Dehli)
106'  Martin Braithwaite (Pione Sisto)
115'  Mathias Joergensen




XORVATIYA CHORAK FINALDA!

- Rakitich. Gol! Xorvatiya - Daniya 4:3

- Yorgensen. Subashichdan seyv! Xorvatiya - Daniya 3:3

- Pivarich. SHmeyxeldan seyv! Xorvatiya - Daniya 3:3

- SHone. Subashichdan seyv! Xorvatiya - Daniya 3:3

- Modrich. Gol! Xorvatiya - Daniya 3:3

- Krondeli. Gol! Xorvatiya - Daniya 2:3

- Kramarich. Gol! Xorvatiya - Daniya 2:2

- Simon Kyaer. Gol! Xorvatiya - Daniya 1:2

- Badel. SHmeyxeldan seyv! 1:1

- Kristian Eriksen. Subashichdan seyv! 1:1


PENALTILAR SERIYASI!

120. Hakam yana bir daqiqa qo'shib berdi.

119. Modrich! Luka jarima maydonchasi ichiga kirmay SHmeyxel darvozasini nishonga oldi, Kasper esa to'pni egallab oldi.

116. YO'O'O'O'Q! Modrich adashdi, SHmeyxel topdi. Kasperning otasi Peter o'g'liga tasannolar aytdi.

115. PENALTI!!! Gol urgan Yorgensen qoida buzib, raqibga penalti ishlab berdi. To'p qarshisida Modrich.

108. SISTO!! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan daniyalik chap o'tkir burchakdan zarba berdi, biroz noaniq.

Ayni damda rossiyaliklar navbatdagi raqibi kim ekanligiga qiziqib, ushbu uchrashuvni tomosha qilishmoqda.

106. Ikkinchi ekstra taym boshlandi.


105. Birinchi ekstra bo'lim yakunlandi.

99. ZARBA! SHONE!!! Daniyalik futbolchi raqib darvozasiga zarba berdi, ammo biroz noaniq!

98. Deleyni o'rniga Krondeli uchrashuvga qo'shildi.

97. Perishich o'rniga Kramarich maydonga tushdi.

93. Knudsen yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritib charchamadi. Biroq uning jamoadoshlari ikkinchi qavatdagi kurashlarda g'olib chiqishmayapti.

92. Manjukich SHonega urilib, maydonga yiqildi. Hakam qoida buzilmaganini ko'rsatdi.

90. Birinchi ekstra taymga xush kelibsiz. Davom etamiz


Ikkinchi bo'lim yakunlandi!

90+3. BRAYTVAYTTT! Asosiy vaqtning so'nggi soniyalarida Braytvayt darvozabon qaytargan to'pni darvozaga yo'lladi, sal qolishiga sal qoldi.

90+2. ZARBA! Rakitich uzoq masofadan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroz noaniq.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Bahsning so'nggi daqiqalarida Xorvatiya katta kuch bilan hujumga o'tdi. Xorvatlar vaziyatlardan foydalana lishmayapti.

84. Hammasi joyida, Kovachich maydonga qaytdi.

82. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Kovachich elkasidan jarohat olgan ko'rinadi. Futbolchi erga yiqilishda noqulay tushdi.

81. O'zgarish. Strinich o'rniga Pivarich maydonga tushdi.

77. ZARBAA! Xorvatiyaliklar o'ng qanot orqali hujum uyushtirishdi va vaziyat Modrichning zarbasi bilan yakunlandi. Noaniq.

71. O'zgarish. Brozovich o'rniga Mateo Kovachich o'yinga qo'shildi.

66. O'zgarish. Kornelius o'rniga Yorgensen maydonoga tushdi.

65. Perishich chap qanotda to'pni qabul qildi va jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. To'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak zarbasi.

59. Jamoalar o'z o'yinlari bilan muxlislarni biroz zeriktirib qo'yishdi.

54. Ushbu juftlik g'olibi chorak finalda Ispaniyani mag'lub etgan Rossiya bilan o'ynaydi.

52. O'yin hozircha asosiy maydon markazida kechomqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zgarish. Kristensen o'rniga SHone maydonga tushdi.


Uzoqlashmang saytimizdan, shu sahifada ajoyib suratlarni etiboringizga havola qilamiz.

TANAFFUS!

45+1. Manjukichga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda. 

45. ZARBA! Rakitich chap qanotdan uzatilgan to'pni erlatib darvozaga yo'lladi, SHmeyxel o'z joyida!

42. Eriksen! Kristian Eriksen jarima maydonchasi chizig'i oldida to'pga ohista zarba berib, darvozaning uzoq tepa burchagini nishonga olishga urindi. Biroz noaniq.

38. Xorvatiya jarima maydonchasi chap tomonida standart ishlab olishdi. Modrich to'pni darvozabon maydonchasiga tashladi, Lovren bosh bilan uni darvozaga burishga harakat qildi, ammo zarba biroz kuchsiz chiqdi.

32. O'yin tempi oshdi. JAmoalar birin-ketin xavfli hujumlar tashkil qilishmoqda. Muxlislar har bir vaziyatni hayajon bilan kuzatishmoqda.

29. Rakitich va Perishich zarba yo'llashdi. Avvaliga Ivan jarima maydonchasiga kirmay darvozani ishg'ol qilishga urindi, SHmeyxel seyv ijro etdi, hujumning ikkinchi to'lqini Perishichning zarbasi bilan yakun topdi. Noaniq zarba.

27. Braytvayt! Daniyalik futbolchi yaqin masofadan Subashich darvozasiga noqulay holda zarba berdi, o'z joyini tark etgan Daniel to'pni qaytardi. Xavfli hujum golsiz yakunlandi.

26. To'pga egalik qilish bo'yicha Xorvatiya ustunlik qilmoqda. Uzatmalar soni bo'yicha ham ular oldinda.

23. Daniya qarshi hujumga o'tdi, Eriksen to'pni biroz o'zida ushlab turdi va darvozani nishonga olishga harakat qildi, ammo to'p raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

12. Xorvatlar raqib jarimay maydonchasi oldida standart ishlab olishdi. To'p qarshisida Rakitich va Perishich. Zarba! Perishichning chap oyoqda bergan zarbasidan so'ng, to'p jonli devorga tegib maydonni tark etdi.

10. Tezkor gollardan so'ng o'yin biroz tin oldi.

4. GOOOOOLLL! Nimalar bo'lyapti? Hisob tenlashdi. Manjukich! Himoyachi to'pni uzoqlashtirishga harakat qilib, to'pi tepib yubordi, ammo u jamoadoshi yuziga tegib qaytdi va Mario Manjukich yaqin masofadan Kasper SHmeyxel darvozasini ishg'ol qildi.


1. Muxlislar hayqirig'i bilan uchrashuv boshlandi. GOOOOLLLL! DANIYA HISOBNI OCHDI! QOYIL!!! Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pdan so'ng tartibsiz o'yin boshlandi va Yorgensen bir amallab darvozaga zarba berdi. Subashich esa to'pni ko'rmay unga tashlandi va xato qilib, uni o'z darvozasiga burib yubordi.

- JCH-2018ning navbatdagi uchrashuviga xush kelibsiz. Bugun faqat evropaliklar to'qnashuvini tomosha qilamiz. Avvalroq, Rossiya sensacion tarzda Ispaniyani mundialdan chiqarib yubordi. 23:00da esa Xorvatiya - Daniya uchrashuvi boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика